Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Angliyalik mehmonlar “Bunyodkor”ga tashrif buyurdi

Angliyalik mehmonlar “Bunyodkor”ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Angliyaning  “Brooke House College” futbol akademiyasi delegasiyasi “Bunyodkor” futbol klubiga tashrif buyurdi.

Ertaga Toshkent davlat transport universitetida “Brooke House College” futbol akademiyasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Bugun ingliz akademiyasining texnik direktori Miki Adams boshchiligidagi delegasiya “Bunyodkor” futbol klubiga tashrif buyurib, direktor Ulug‘bek Mirzayev bilan uchrashdi. Har ikkala rahbarning o‘zaro samimiy suhbati davomida tomonlar o‘zlari haqida batafsil gapirib berishdi. Shuningdek, akademiyalarning faoliyati, ish uslubi va tartibi to‘g‘risida fikr almashishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, Miki Adams Angliya terma jamoasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, Premyer ligada 400 dan ortiq bellashuvda harakat qilgan. 800 dan ortiq o‘yinda turli jamoalarni murabbiy sifatida maydonga boshlab tushgan. Xususan, ko‘pchiligimizga ma’lum, “Lester”, “Fulxem”, “Sheffild Yunayted” singari jamoalarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Mehmonlar tashrif davomida “Bunyodkor” stadioni va muzeyi bilan ham yaqindan tanishdi. “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev akademiyaning yurtimizdagi faoliyatiga omad tilar ekan, mazkur hamkorlikdan keyin yaqin kelajakda o‘zbekistonlik futbolchilar Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishiga tilakdosh bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, millionlar o‘yiniga ilk qadamlarni Toshkentda qo‘ygan Piter Odemvingiye o‘z vaqtida Angliyaning “Vest Bromvich”, “Kardiff Siti”, “Stok Siti”, “Bristol Siti” va “Roterem Yunayted” jamoalarida to‘p surgan. Albatta ushbu hamkorlik Angliyada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘yinchilarning ko‘payishiga xizmat qiladi, dedi “Bunyodkor” futbol klubi direktori. O‘z navbatida Miki Adams O‘zbekiston iqtidorlarga boy mamlakat deya yurtimiz futboli haqida iliq fikrlarni bildirar ekan, asosiy maqsadimiz bu yerdagi iqtidorlarni Angliyaga olib ketish, deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:50, 04.06.2021.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.