Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

El-kapitanoning poytaxtdagi sarguzashtlari yakunlanmoqda

El-kapitanoning poytaxtdagi sarguzashtlari yakunlanmoqda

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin saytimizda chiqqan xabarda, "qirollik klubi" sardori – Serxio Ramos faoliyati bilan bog‘liq ma’lumot bergan edik. Unda Ramosning klub bilan kelisha olmayotgani va Florentino Peres bilan munosabatlariga sovuqchilik tushgani haqida bayon etilgandi. Ushbu gaplar tobora haqiqatga yaqin ishga aylanib bormoqda.

Joriy oy oxirida rasman jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetishi kerak bo‘lgan futbolchi, poytaxt klubida ortiq qola olmaydigan ko‘rinadi. 35 yoshli himoyachining o‘tgan yillar davomida klub prezidenti bilan kelishmovchiliklari mavjud bo‘lgan. Ulardan biri, koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sharoitida barcha futbolchilar maoshlari 10% ga qisqartirilishi edi.

Maoshlarning qisqartirilishi jamoadagi ko‘plab futbolchilarda norozilik uyg‘otgan va bu narsani Ramos rahbariyatga bildirgani Peresga yoqmagan. Natijada, klub Ramos bilan shartnomani uzaytirilishini istamayotir. To‘rt karra chempionlar ligasi g‘olibiga bu borada eng yoqimsiz tuyulayotgan narsa – klub rahbariyati mablag‘larni bir maqsad uchun tejayotgani. U ham bo‘lsa, «PSJ» yosh hujumchisi – Kylian Mbappe transferi. Serxio klubining ushbu siyosatini adolatsizlik deb hisoblamoqda.

Qolaversa, bu yozda qilingan katta transferlardan biri bo‘lgan, David Alabaning «Bavariya»dan oli kelinishi ham Ramos uchun "ketish kuyi"ni boshlab berdi. Darhaqiqat, avstriyalik futbolchi Ramosdan yetti yosh kichik hamda kelajakda markaziy himoyadagi asosiy raqibga aylanishi katta ehtimol edi. Mana shu muammoli masalalar fonida ispan nashri «AS» tomonidan tarqatilgan xabarda, Ramosni jamoadan ketishi, deyarli uzil-kesil hal qilib qo‘yildi. Yana bir Ispaniyaning nufuzli onlayn nashri «Cuatro»da chiqqan ma’lumotda, 30 iyunga qadar yangi shartnoma imzolanishi mumkinligi va ungacha hech nima ma’lum bo‘lmasligi ta’kidlangan.

Ramos o‘z transferi haqida kelayotgan kunlarda uyushtiriladigan matbuotda keng ommaga ochiqlashi aytib o‘tilgan. Unda "Real Madrid" bilan bo‘lgan 16 yillik hamkorligidan so‘ng, o‘zining keyingi potensial klubi qaysi bo‘lishiga oydinlik kiritishi kerak bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchiga Angliyaning top 6 ligidan, "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti"lar katta qiziqish bildirgan. Qolaversa, Liga 1'ning eng boy vakili bo‘lgan «PSJ» uchun ham futbolchining xizmatlari zarur bo‘lishi mumkin.

2020/21 yilgi mavsumning katta qismini jiddiy jarohatlari sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan himoyachi, o‘z hoxishi bilan Yevro musobaqasiga bormasligini bildirgan. Endilikda, u butun yozni jarohatlardan tiklanish va dam olish bilan o‘tkazadi. Agar «qaymoqranglilar» bilan shartnoma uzaytirilmasa, markaziy himoyachi klubni haqiqiy afsonalar singari tark etadi. U o‘n olti yil davomida 670 ta o‘yinda maydonga tushib, 100 dan ortiq golga mualliflik qildi. Umumiy 22 ta sovrinni bir klub safida qo‘lga kiritdi. Ular orasida besh marotaba Ispaniya chempionligi, 4 ta YECHL kubogi, 2 marotaba Ispaniya kubogi g‘olibligi, va yana to‘rt karra Ispaniya superkubogi va shuncha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kuboklari jamlangan. Shubhasiz, Ramos yordamida qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar, buyuk klub bilan tarixda qolishi aniq!

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

Kiritildi: 06:30, 06.06.2021.
O'qildi: 6512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.