Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Bavariya" darvozaboni Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkin

"Bavariya" darvozaboni Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Bavariya" darvozaboni Aleksandr Nyubel faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli nemis uchun kurashda "Monako" va "Lill" jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Monegasklar Nyubelni ikki yilga ijaraga olish ehtimoli bor, deb xabar beradi Bayern & Germany nashri Kicker*ga asoslanib.

Darvozabon "Monako" bosh murabbiyi Niko Kovachni Myunxen klubidagi birgalikdagi faoliyatidan yaxshi biladi.

Manbaga ko‘ra, Nyubel ketadigan bo‘lsa, "Bavariya" "Arminiya" darvozaboni Stefan Ortega bilan shartnoma imzolashi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 12:16, 07.06.2021.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик