Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Dinamo» safarda «Yangiyer» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

«Dinamo» safarda «Yangiyer» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Pro liga 10-turi doirasida «Yangiyer» jamoasi o‘z maydonida «Dinamo» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq samarqandliklar darvozaboni Arslon Ahrorov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada mezbonlar legioneri Etame «sovg‘a»ni golga aylantirdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda Hakim Fuzaylovning zaxiradan tushirgan futbolchilari ishonchni oqlashdi. 63-daqiqada Temur Hakimov boshlab bergan hujumni Temur Usmonov jarima maydoniga yetkazdi, u yerda esa himoyachi Dmitro Sidorenko raqib darvozasini ishg‘ol etdi – 1:1.

O‘yin yakuniga qadar zaxiradan maydonga tushgan Islom Sharipov va Siroj Meliyev yakunda «Dinamo»ga g‘alaba keltirishdi. Sharipov qanotdan yetkazib bergan uzatmani Meliyev darvozaga yo‘lladi – 1:2.

Natijada, «Dinamo» 18 ochko bilan «Buxoro»ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Yangiyer» esa 9 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

Pro liga. 10-tur
7 iyun (dushanba)
«Yangiyer» – «Dinamo» - 1:2
Hakam: Vadim Agishev
Gollar: Mpako Etame Jerome 5 – Dmitro Sidorenko 63, Siroj Meliyev 85.
«Yangiyer»: 12. Nodir Ashurmatov, 3. Bekzod Tolibjonov, 6. Landriy Chamedjeu, 7. Abdumalik Toshpo‘latov (Sanjar Baratov, 56), 13. Bunyod Abdumannonov, 15. Asadbek Mamaroziyev, 17. Jonibek Mirzaqulov, 19. Mpako Etame Jerome (Xurshidbek Asqaraliyev, 88), 23. Oybek Ahmadov, 25. Yodgor Nazarov, 27. Robbimjon Hasanov
«Dinamo»: 35. Aslonbek Ahrorov, 2. Dmitro Sidorenko, 9. Temur Usmonov (Islom Sharipov, 66), 15. Obid Jo‘raboyev, 16. Jasur Hasanov (Temur Hakimov, 46), 17. Temur Ismoilov, 21.Muhammadqodir Hamraliyev, 22. G‘olibbek Sariboyev, 26. Komil Sharofutdinov, 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk (Siroj Meliyev, 83).

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:11, 07.06.2021.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.