Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Angliya har doim katta nomlarga ega bo‘lgan, biroq katta natijalarga emas

Angliya har doim katta nomlarga ega bo‘lgan, biroq katta natijalarga emas

Baho:
+ | -

Angliiya terma jamoasi 1966-yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, ammo Yevropa chempionatida hech qachon g‘alaba qozona olmagan. Inglizlar har bir turnirlarda favorit maqomiga ega bo‘lib kelgan, ammo amalda natijalar yo‘q.

Angliyaliklarning Yevropa chempionatlarida eng yaxshi natijalarni 1968 va 1996 yillarda qayd etgan. Mazkur yillarda inglizlar uchinchi o‘rinni egallagan. Gresiya, Chexiya, Daniya kabi terma jamoalar chempion bo‘lgan, ammo futbol vatani bo‘lmish Angliyaga bu sovrinni qo‘lga kiritish hozircha orzu bo‘lib qolmoqda.

Saralash guruhidagi raqiblar: Chexiya, Kosovo, Bolgariya, Chernogoriya.

Garet Sautgeyt jamoasi o‘z muxlislarini asabiylashtirmadi va Yevro-2020ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishda qiyinchilikga duch kelmadi. Saralash guruhida inglizlar 8 uchrashuvning 7tasida g‘alaba qozonib, 37 ta gol urishdi. Angliyaning yagona mag‘lubiyati Chexiyaga qarshi safar o‘yinida bo‘lib o‘tdi, Bu o‘yinni ushbu guruhdagi «final» bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Qolgan yettita uchrashuvda «Uch sherlar» raqiblari darvozasiga kamida 4ta gol urdi. Angliya terma jamoasi yuqori darajadagi terma jamoaga munosib bo‘lgani uchun juda ishonchli tarzda saralashdan o‘tdi.

Yevro-2020 guruhidagi raqiblar: Chexiya, Xorvatiya, Shotlandiya.

Angliyaliklar Yevro-2020 saralash bosqichida Chexiya termasi bilan o‘ynadi (5: 0; 1: 2) va endi ular final turnirida ham o‘zaro bahs olib boradi.
- Shotlandiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi raqobat - jahon futbolidagi milliy jamoalar darajasidagi eng qadimiy kurash hisoblanadi. Inglizlar va shotlandlar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1872 yilda bo‘lib o‘tgan va ularning Yevro-2020dagi uchrashuvi tarixdagi 116-uchrashuv bo‘lishi kerak (milliy terma jamoalar uchun rekord).

Angliya xuddi 1996 yildagidek Yevropa chempionatida Shotlandiya bilan «Uembli» da uchrashadi. O‘shanda "uch sherlar" 2-0 hislbida g‘alaba qozondi.

Bundan avvalgi yirik turnir JCH-2018da inglizlar «Lujniki» da bo‘lib o‘tgan o‘yinda qo‘shimcha daqiqalarda Xorvatiyaga 2: 1 hisobida mag‘lub bo‘lib, final yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Angliyaning Yevro-2020 uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Din Xenderson («Manchester Yunayted»), Sem Djonston («Vest Bromvich»), Djordan Pikford («Everton»).

Himoyachilar: Ben Chiluell («Chelsi»), Konor Koudi («Vulverxempton»), Ris Djeyms («Chelsi»), Xarri Maguayr («Manchester Yunayted»), Tayron Mings («Aston Villa»), Lyuk Shou («Manchester Yunayted»), Djon Stounz («Manchester Siti»), Kiran Trippyer («Atletiko»), Kayl Uoker («Manchester Siti»), Ben Uayt («Brayton»).

Yarim himoyachilar: Djud Bellingxem («Borussiya» Dortmund), Djordan Xenderson («Liverpul»), Meyson Maunt («Chelsi»), Kelvin Fillips («Lids»), Deklan Rays («Vest Xem»), Fil Foden («Manchester Siti»), Djek Grilish («Aston Villa»), Bukayo Saka («Arsenal»), Djeydon Sancho («Borussiya» Dortmund).

Hujumchilar: Dominik Kalvert-Lyuin («Everton»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Raxim Sterling («Manchester Siti»).

Murabbiy: Garet Sautgeyt (Angliya).

Angliya Yevro-2020dagi jamoalar orasida qiymati bo‘yicha eng qimmat terma jamoa hisoblanadi. Ushbu jamoaning umumiy qiymati 1,25 milliard yevro qiymatga ega.
Shu bilan birgalikda, Sautgeyt jamoasi Yevropa ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng yosh tarkiblardan bii hisoblanadi. Ushbu jamoaning o‘rtacha yoshi 25,3 yosh hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Turkiya ulardan yaxshiroq.

Ushbu terma jamoaning sardori va hujumdagi yetakchisi Xarri Keyn hisoblanadi. U bu mavsum 23 ta gol va 14 ta golli uzatma bilan Premyer-Ligada eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Uning o‘yini ko‘p jihatdan terma jamoa natijalarida katta ahamiyatga ega.

 

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:22, 08.06.2021.
O'qildi: 3396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.