Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Yevro-2020da porlashi kutilayotgan yosh iqtidor egalari

Yevro-2020da porlashi kutilayotgan yosh iqtidor egalari

Baho:
+ | -

Kechiktirilgan Yevro-2020 juma kuni boshlanadi va ishtirok etadigan 24 jamoalar orasida ko‘plab iste’dodlar mavjud. Hamma allaqachon Kilian Mbappe (Fransiya), Fil Foden (Angliya) va Joao Feliks (Portugaliya) kabi futbolchilarni bilishadi, ammo boshqa yosh futbolchilar orasida kimlarga e’tibor berish kerak? Keling Yevroda porlashi kutilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi istiqbollarni ko‘rib chiqamiz.

Alessandro Bastoni (22 yosh, himoyachi, Italiya, «Inter»)

Bastoni «Inter»ning A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi, ammo xalqaro miqyosda nisbatan tajribasizroq, shu kungacha terma jamoa tarkibida atigi 5 marta maydonga tushgan. Uzoq masofaga krosslarni juda aniq uzata oladi va raqibining harakatini oldindan o‘qiy oladigan aqlli markaziy himoyachi. Bastoni uchun termadagi raqobatda jamoa sardori Jorjyo Kyellini borligi aniq, agar Italiya o‘chrashuvlarda to‘rt himoyachi bilan o‘ynasa yosh iqtidorning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi yehtimoli ancha past, ammo, unga Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida imkoniyat berildi va u o‘zini yaxshi jihatidan ko‘rsata oldi.Kyellinini 36 yoshda ekanligini hisobga olsak, Bastoni o‘zining termada asosiy tarkibga kirishini uzoq kutishga majbur bo‘lmaydi.

Donel Malen (22 yosh, xujumchi, Gollandiya, PSV)

Yosh iqtidordan PSV murabbiyi asosan markaziy hujumchi sifatida foydalandi va u Yerediviziyaning har bir o‘yinida o‘rtacha 0.89 gol urdi, ammo Malenni Gollandiya terma jamoasining markaziy xujumida Memfis Depay singari raqobatchisi borligi uchun chap qanot xujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda. Maydon ichidagi juda tezkor oldinga harakatlar, kuchli o‘ng oyoq zarbasi va bitta tegish bilan tugatish qobiliyati. Himoyachilar uchun xaqiqiy bosh og‘riq bo‘lishi kutilayotgan xujumchi katta ehtimol bilan Yevrodan keyin faoliyatini TOP 5 ligadagi grand klublarda davom ettiradi.

Erik Garsiya (20 yosh, himoyachi, Ispaniya, "Barselona" )

Yevro uchun qaydnomaga Serxio Ramos kiritilmagandan so‘ng Garsiya Ispaniya terma jamoasining mudofaadagi muammolarini hal qilish uchun asosiy himoyachi sifatida paydo bo‘ldi. Bu 20 yoshli yigit uchun juda katta vazifa. «Manchester Siti»da Pep Gvardiola bilan birga ikki yilini o‘tkazgan Garsiya juda yaxshi markaziy himoyachi bo‘lib shakllandi. U o‘tgan mavsumda 90% uzatmalarda aniq o‘ynagan va bu borada "Siti"da uchinchi natijani qayd etdi. Garsiya jiddiy bosimlardan chiqa oladi va hujumni qanday boshlashni yaxshi biladi. Uning uzun bo‘yi havodagi to‘p uchun kurashlarda ham ish beradi. Darvoqea, bir necha kun avval Garsiya o‘zining uyiga yani "Barselona"ga erkin agent sifatida qaytdi va 3 yillik shartnoma imzoladi.


Markus Tyuram (23 yosh, Xujumchi, Fransiya va «Borussiya»Myunxengladbax )

23 yoshli Markus Tyuram Fransiya afsonasi Lilian Tyuramning o‘g‘li, xujumning istalgan pozitsiyasida o‘ynay oladi ayniqsa chap qanotda anchagina kuchli striker hisoblanadi. U so‘nggi mavsumda "Borussiya M" tarkibida hujumda va himoyadagi foydali harakatlari bilan ajralib turdi. Fransiya terma jamoasida hujum chizig‘idagi daxshatli raqobatdan kelib chiqadigan bo‘lsak yosh xavbek katta extimol o‘chrashuvlarni zahira o‘rinding‘ida boshlaydi. Ammo, kerakli vaziyatda maydonga tushib jamoasiga yordam berishi mumkin.

Ilya Zabarniy (18, Markaziy himoyachi, Ukraina, "Dinamo Kiyev")

Ilya ushbu mavsum Kiyevning "Dinamo"si tarkibida Ukraina Premyer Ligasining 21 ta o‘yinida maydonga tushdi. Shuningdek, Ukraina U-21 terma jamoasi tarikibidagi ajoyib o‘yinlari orqali mamlakatning eng yuqori darajadagi himoyachisi sifatida paydo bo‘ldi. Ilya hozirgi zamonaviy himoyachilarning barcha o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan : to‘pni egallashda xotirjamlik, hujumlarni ko‘pincha markazdagi bo‘sh yarim himoyachini topishdan boshlaydi, havodagi muammolarni yaxshi hal qiladi va tezkor raqiblarga duch kelganda yetarlicha tezlikka ega. U mart oyida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralashining so‘nggi turlarida yaxshi harakat qildi va Yevro-2020 da ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:35, 09.06.2021.
O'qildi: 9996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.