Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Fransiya. Ikkinchi imkoniyat

Fransiya. Ikkinchi imkoniyat

Baho:
+ | -

2016 yilgi Yevropa chempionatida fransuzlar chempion bo‘lishga haqli o‘yin ko‘rsatib, finalning qo‘shimcha daqiqalarida Portugaliyadan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishgan edi. Endi esa Dide Desham shogirdlarida bu xatoni to‘g‘irlash uchun ikkinchi imkoniyat bor. Agar bu amalga oshsa, fransuzlar o‘zlarining XX asr oxiridagi natijalarini takrorlashgan bo‘ladi (1998 yilgi mundial g‘olibligi va 2000 yildagi Yevropa chempionligi).

Fransiya terma jamoasi tarkibi shunchki fantastik darajada. Mbappe, Kante, Pogba va Grizmann yoniga Benzema ham qo‘shildi. Garchand, «Real» hujumchisi musobaqa arafasida jarohat olgan bo‘lsa ham turnirda maydonga qaytish ehtimoli bor. Albatta Jiruni ham unitmaslik. 34 yoshda bo‘lishiga qaramay terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Anriga yetib olish uchun Jiruga yana 5ta gol kerak. Shunday ekan ishtiyoq Jiruda o‘ta yuqori darajada.

Desham qo‘l ostida yuqori mahoratga ega futbolchilar to‘planishgan. Darvozani qo‘riqlayotgan Lyorisdan tortib termaning asosiy quroli sifatida qaralayotgan hujumgacha. Yuqorida ismi tilga olingan hujumchilardan tashqari tarkibda

«Monako» to‘purari Ben-Edder, «Barselona» kelajagi Usmon Dembele va afsonaviy futbolchi farzandi Markus Tyuram ham bor. Bu tarkib bilan Desham shogirdlari har qanday turnirda favorit bo‘lishi aniq.

Shunday kuchli tarkibga ega bo‘lsa ham fransuzlarni taslim etish mumkin. Buni saralashda Turkiya terma jamoasi isbotladi. Turklar «uchranglilar»ga qarshi ikki o‘yinda 4 ochko ishlashdi. Bu o‘yinlarda jarohati bois Mbappe maydonga tushmadi ammo bu yetarlicha bahona bo‘la olmasligi aniq. Qiyinchiliklarga qaramay Fransiya saralashda birinchi o‘rinni egallay oldi. Turklardan boshqa hech kim mundial g‘oliblaridan ochko tortib olisholmadi. Mazkur saralash bahslarida jamoaning asosiy quroli Olive Jiru bo‘ldi. U kiritilgan 25 goldan 6tasiga mualliflik qildi. Shu sababli ham Desham uni qaydnomaga kiritdi.

O‘lim guruhidan joy olgan Fransiya terma jamoasi bu yerda ham favorit sifatida ko‘rilmoqda. Garchi guruhda ajoyib tarkibga ega Germaniya va Ronaldusi bor Portugaliya bo‘lsa ham ko‘plab mutaxassislar aynan Desham shogirdlarining imkoniyatini yuqori baholashmoqda. Fransiya termasi musobaqadagi ilk o‘yinni Germaniyaga qarshi o‘tkazadi. Guruhda ular nechinchi o‘rinda bo‘lishi mazkur o‘yin natijasiga ko‘proq bog‘liq bo‘lsa ajab emas.

Keyingi postlarda «F» guruhining qolgan ishtirokchilariga to‘xtalamiz.

Hasan Turdialiyev

Manba: t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 09:40, 10.06.2021.
O'qildi: 5064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик