Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ronaldu va uning jamoadoshlari YEVROga tayyor

Ronaldu va uning jamoadoshlari YEVROga tayyor

Baho:
+ | -

YEVRO-2020 ishtirokchisi bo‘lgan Portugaliya terma jamoasi haqida ba’zi fikrlar

Aytishlaricha, hozirgi Portugaliya terma jamoasi ikkiminginchi yillar avvalidagi Portugaliyadan ham kuchliroq ekan. Aslida buni Ronalduning bor va yo‘qligi bilangina izohlash mumkindek, ammo so‘nggi yillar davomida bu terma tarkibi haqida gap ketganda Ronaldu va boshqalar deb e’tirof etishlarini ham eslab o‘tish lozim. Xo‘sh so‘nggi ikki-uch yilda nima o‘zgardi? Menimcha ko‘p narsa.

Krishtianu Ronaldu shubhasiz so‘nggi 15 yillikning eng daho ikki futbolchisidan biri. Milliy jamoada uning yonida nihoyat daraja e’tibori bilan bir-biriga yaqin va barqaror futbolchilar jamlandi. Buning ustiga KriRO uchun bu so‘nggi YEVRO ekani, yoshi o‘tib borayotganini hisobga olsak u borini berib, mana shu “oltin avlod” bilan o‘zning ikkinchi titulini qo‘lga kiritishi mumkin.

2018 yilning iyul oyida APLning “Vulverhempton” klubi 11 nafar portugaliyalik futbolchini xarid qildi. Bu shubhasiz o‘sha yoz transfer oynasining eng qiziq voqeasi edi. Bu ishlar ortida esa dunyo futbolidagi eng tasiri katta shaxslardan biri – Jorje Mendesh turardi. O‘z navbatida bu keyinchalik milliy terma jamoaga bilvosita ta’sir etadigan voqea edi. Bu futbolchilarning yarmi Fernandu Santush tomonidan tarkibga jalb qilinar, Rui Silva, Joau Moutinyu, Ruben Nevesh va keyinchalik “Liverpul” futbolchisiga aylangan Diyego Jotalar asosiy tarkib vakillari hisoblanishardi.

Aslida Portugaliya chorak asrdan buyon Yevropan chempionatlarining eng muvaffaqiyatli terma jaomalaridan bir hisoblanadi. 2004 yil yosh Ronaldu bilan finalgacha yetib borib, Gresiyaga imkoniyatni boy bergan bu mamlakat termasi 2016 yil kuchga to‘lgan Ronaldu bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Va umuman 2004 yildan buyon faqt birgina turnir yarimfinallari portugallarsiz o‘tgan.

Bosh murabbiy Fernandu Santush 2010-2014 yillar oralig‘ida, ya’ni hozirgi ishiga kelmaguncha Gresiyada ishlagan. U progmatik murabbiylar sirasiga kiradi. Va uning o‘ta hisob-kitobli ekani tarkibidagi o‘ta kuchli kreativ futbolchilar bilan dahshatli qorishmani yuzaga keltirgan.

Krishtianu Ronaldu. 36 yoshli terma jamoa sardori bu turnirda bir qator tarixiy rekordlarni yangilashga yaqin turibdi. Uning turnirdagi birinchi goli Mishel Platiniga oid bo‘lgan final bosqichlaridagi gollar borasidagi 9 ta ko‘rsatkichli rekordni chilparchin qiladi. Garchi “Yuventus” uchun omadsiz bo‘lsada Ronaldu o‘tgan mavsumni o‘zi uchun unday hisoblamaslikka to‘la haqli, chamamda. U yana to‘purar bo‘ldi. Ha, borgan sari uning arsenalidagi qurollari kamayib bormoqda. Va ko‘p ehtimol uning o‘zi ham vaziyatni tushunib turibdi. Bu uning uchun butun dunyoga kimligini yana bir bor ko‘rsatish uchun oxirgi imkonlardan biri bo‘lishi ham mumkin. YECHLning Ronalduning turniri deyishardi. Xuddi shuningdek Yevropa chempionati ham uning musabaqasidir. U final bosqichlarida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi (21) bo‘libgina qolmay, 4 Yevropa chempionatida gol urgan tarixdagi yagona futbolchidir.

Brunu Fernandesh. MYU yetakchisi hali terma jamoa tarkibida o‘zini yuqori komfortda his qilmayapgandek. Bu turnir uning uchun mavjud baryerlarni buzib tashlash va Ronaldudan yetakchi maqomini qabul qilib olishga berilgan bir imkondek gap.

Ruben Diash, Joau Konselu va Bernardu Silvaning MS bilan birga qanday mavsum o‘tkazgani ko‘pchilikka ma’lum. Ular Gvardiola jamoasining eng muhim vakillaridan hisoblanashadi.

Joau Felish esa garchi bundan yaxshirok kutilmalar bilan mavsumni boshlaganigani qaramay menimcha potensialini saqlab turibdi. Har holda Diyego Simeone jamoasida jon saqlash qiyin vazifa. U esa klub bilan birga Ispaniya chempioniga aylanib ulgurdi.

“O‘lim guruh”da hech kimga oson emas!

Guruhdagi raqiblar – Germaniya, Fransiya va Vengriya. Ya’ni bir guruhda so‘nggi ikki Jahon chempionati g‘olibi va so‘nggi Yevropa chempioni jam bo‘lgan. Dahshat!

Orif Tolipov

Manba: t.me/tolipovuz
Kiritildi: 12:33, 10.06.2021.
O'qildi: 6379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.