Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Germaniya: Lyovning so‘nggi turniri

Germaniya: Lyovning so‘nggi turniri

Baho:
+ | -

2017 yili bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogida Germaniya terma jamoasining ikkinchi tarkibi bilan asosiy sovrinni qo‘lga kiritishi ko‘pchilikda «bundestim»ning zaxirasi juda katta degan taasurotni uyg‘otgan edi. Ammo yakunda Yoahim Lyov shogirdlari mudialning guruh bosqichida Shvesiya, Meksika, Janubiy Koreyadan ham keyingi o‘rinni band qilishdi. Bu ham yetmaganidek Yevropa Millatlar ligasida ham jamoaning ishlari yurishmadi va nemislar u yerda ham so‘nggi o‘rinda qolib ketishdi. Millatlar ligasining ikkinchi mavsumida esa jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo Lyov shogirdlari asosiy raqib Ispaniyadan 6:0 hisobidagi o‘ta alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgani ko‘proq muhokamaga sabab bo‘ldi.

Lyovning haddan ziyod tajribalarga berilib ketishi, asosan yoshlarga imkoniyat taqdim etishi va tajribali futbolchilarni erta hisobdan chiqarishi termaning natijalariga salbiy ta’sir o‘tkazib jamoa salobatini biroz yo‘qotib qo‘ydi. Bir so‘z bilan aytganda nemislar uchun so‘nggi turnirlar unchalik ham muvaffaqiyatli kelmadi. Biroq bu nemislarni hisobdan chiqarish kerak degani emas. Har qalay Germaniya mazkur turnirning eng omadli jamoasi hisoblanadi.

«Bundestim» Yevropa chempionati sarlashini ancha ishonchli tarzda bosib o‘tdi. Sakkiz o‘yindan yettitasida g‘alaba. Yagona mag‘lubiyat niderlandiyaliklardan qabul qilib olindi. Nemislar umumiy hisobda 28ta gol urib o‘z darvozalaridan 3ta to‘p olib chiqishdi. Eng yaxshi to‘purar Serj Gnabri bo‘ldi. «Bavariya» futbolchisi 8ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yevro uchun tanlangan futbolchilarga nazar solsak. Lyov uchun bu Germaniya murabbiyligidagi so‘nggi turnir bo‘lgani sababli u o‘zi ishongan futbolchilarni tarkibga jalb qildi. Azaldan Lyov jamoasining qolgan terma jamoalardan ustun tomonlaridan biri bu bir tekis tuzilgan, kuchli tarkib bo‘lar edi. Yevro arafasida yana shunday tarkib jam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Veteranlardan Noyer, Myuller, Kroos va Xummels, Chempionlar ligasi g‘oliblari Verner, Xaverts va Ryudiger ham ajoyib kayfiyatda terma jamoaga yetib kelishdi. Final ishtirokchisi Gyundogan, o‘tgan mavsumning eng sermahsul himoyachisi Gozens ham tarkibda. Xullas eng saralar Yevroda ishtirok etishadi.

Ko‘pchilik manbalar Fransiyani asosiy favorit deb bilishayotgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘ona aynan nemislarga berilayotgani bejis emas. Lyov Flikka chempion jamoani qoldirib ketishni istashi aniq.

Hasan Turdialiyev

Manba: t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 19:28, 10.06.2021.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.