Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Yevro-2020. Portugaliya: Ronaldu va uning davomchilari

Yevro-2020. Portugaliya: Ronaldu va uning davomchilari

Baho:
+ | -

Yevropaning amaldagi g‘olibi, Portugaliya terma jamoasini bu safar ham Fernandu Santush musobaqaga olib keldi.

Portugaliyalik mutaxassis termada 7 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu esa terma jamoa libosida 18 yildan buyon maydonga tushib keladi. Bu yillar davomida u Yevropa chempionatining barcha medallarini qo‘lga kiritishga ulgurdi. Ammo bu safargi turnir portugallar afsonasi uchun so‘nggi qit’a birinchiligi bo‘lishi mumkin. Nafaqat Ronaldu balki jamoa tarkibidagi yana bir qator veteranlar uchun bu so‘nggi turnir bo‘lishi katta ehtimol. Xususan 38 yoshli Pepe, 37 yoshli Fonte (ikkisi ham himoyachi), 34 yoshli Moutinyu va 33 yoshli Patrisiuga. Ortdan ajoyib avlod yetishib kelmoqda. Buning tasdig‘ini bir necha kun oldin yakunlangan U21 Yevropa chempionati ham ko‘rsatdi. Mazkur turnirda portugaliyalik yosh futbolchilar finalgacha yetib kelishdi.

Bunday iste’dodlarni ko‘rib ko‘pchilikda bir savol paydo bo‘lmoqda. Ronaldudan keyin kim jamoa yetakchisi bo‘ladi ? Bu juda o‘rinli savol. Sababi Santush tanlagan futbolchilarning orasida liderlik sifati bo‘lgan futbolchilar talaygina. Fernandesh vaqti kelganda «MYU»ni bir o‘zi yelkasida olib yurdi, Diash APLdagi debyut mavsumidayoq nimalar qilib yubordi ? Kanselu ko‘p funksiyali futbolchi va kerak paytda yetakchi bo‘la olishini ko‘rdik. Felish «Atletiko» bilan chempion bo‘ldi (garchi unga sarf qilingan pullarga to‘liq loyiq o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsa ham), Jota «Liverpul» triosiga yorib kirdi, Andre Silvani ko‘pchilik sezmagan bo‘lishi mumkin ammo u Hollandan ko‘proq gol urdi va qolganlarga ham shunday tarif bersak arziydi. Ammo ulardan qay biri yetakchilikni oladi ? Mana shu savolimizga ham balki Yevropa chempionati qisman bo‘lsa ham javob topib berishi mumkin.

Yevropa chempionatigacha bo‘lgan yo‘l Portugaliya uchun aslida unchalik qiyin kechmasligi kerak edi. Ammo yakunda Shevaning Ukrainasi uloqni ilib ketdi. Biroq portugallar ikkinchi pog‘ona bilan bo‘lsa ham musobaqa yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Saralash to‘purari kutilganidek Ronaldu (11ta gol) bo‘ldi va bu orqali u qit’a birinchiligi saralashi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga ham aylanib oldi.

Imkoniyatlarni chamalaydigan bo‘lsak, Santush shogirdlari uchun guruh juda noqulay. Sababi, Fransiya Millatlar ligasida ham raqibidan o‘yin jihatdan shakllanganroq ekanini ko‘rsatdi, Germaniya esa tarixan portugaliyaliklar uchun noqulay raqib. Ammo nemislarning o‘yinida ham muammolar borligini so‘nggi o‘yinlar ko‘rsatdi shu sababli bu kurashda imkoniyatlar teng chamamda. Vengriya esa guruh autsayderi bo‘lsa ham o‘tgan turnirdagi singari «chaqilmas yong‘oq»qa aylanib olishi mumkin. Shu sababli Santush jamoasi bu safar mazkur o‘yinga ham jiddiy e’tibor berishi aniq. Guruhdan 3ta jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkinligini inobatga olsak, albatta «Ronaldu va uning bandasi»da imkoniyat yetarli darajada. Musobaqada zafar quchish borasidagi taxminlarni esa guruh bosqich o‘yinlariga qarab aytganimiz ma’qul.

Hasan Turdialiyev

Manba: t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 09:51, 11.06.2021.
O'qildi: 4687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.