Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yevro—2020. Raqamlar so‘zlaganda: 17 yoshli «bolakay»lardan 38 yoshli «amaki»largacha

Yevro—2020. Raqamlar so‘zlaganda: 17 yoshli «bolakay»lardan 38 yoshli «amaki»largacha

Baho:
+1 | -

Yevro—2020 da ishtirok etadigan barcha 24 terma jamoaning qaydnomalari e’lon qilingan.

Quyida tarkiblarning yosh borasidagi statistikalariga e’tibor qaratamiz.

Eng asosiysidan boshlaymiz — jamoalarning o‘rtacha yoshi. Tajribali terma jamoalar: Shvesiya (29,2 yosh), Belgiya (29,1), Slovakiya (28,2), Finlyandiya (28,1) va Vengriya (28).

Eng yosh tarkib Turkiyada (24,9). Angliya (25,5), Ukraina (26,4) va Ispaniya (26,5) esa keyingi o‘rinlarda.

Eng yosh futbolchi polshalik Katsper Kozlovski (17 yosh). U terma jamoada allaqachon 2 ta o‘yin o‘tkazdi. U bilan birgalikda musobaqada Jud Bellinghem, Jamol Musiala va Pedri kabi yosh futbolchilar ham ishtirok etadi. 18 yoshli Ilya Zabarniy va Georgiy Sudakovlar ham qaydnomaga kiritilgan.

Hozircha Yevropa chempionatida ishtirok etgan eng yosh futbolchi — Yetro Villems bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik himoyachi 18 yosh, 71 kunligida Yevro—2012 musobaqasida debyutini o‘tkazgan edi. Uni faqat Kozlovski va Bellinghemlar ortda qoldirishi mumkin.

Yevroda hattoki 30 yoshdan oshmagan sardorlar ham bor: Endryu Robertson (Shotlandiya tarkibida 44 o‘yin), Harri Keyn (Angliya uchun 54 o‘yin) va Granit Jaka (Shveytsariya uchun 93). Robertson va Keyn 2018 yildayoq sardorlik bog‘ichini olganini eslatib o‘tish lozim.

Eng yoshi katta futbolchilar top-5 ligi ro‘yxatida ikki darvozabon o‘rin olgan: Martin Stekelenburg va Kreyg Gordon. Ikkalasi ham zaxira futbolchilari hisoblanadi. Maydonda asosiy rol bajaradigan futbolchilar ham mavjud: Pepe — Portugaliya himoya qo‘rg‘onining ishonchli vakili, Goran Pandev — Shimoliy Makedoniyaning asosiy futbolchisi, Jirkov esa Rossiya terma jamoasining chap qanotini yopishga urinadi.

Krishtianu Ronaldu — Yevro—2020 ning asosiy faxriy futbolchisi. Portugaliyalik yulduz ushbu musobaqada beshinchi bor ishtirok etadi. Yevrodagi o‘yinlar soni bo‘yicha Iker Kasilyasni ortda qoldirdi. Oldinda hech kim yo‘q. Shuning uchun Ronaldu rekordchiga aylanadi. 2024 yilgi musobaqada esa u 39 yoshda bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:33, 11.06.2021.
O'qildi: 4569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.