"Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etadigan Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina mijozi "Parma"ga o‘tishi mumkinligini tasdiqladi.
"Albatta "Parma" - bu yaxshi variant. Ammo Buffon uchun qaror qabul qilishim shart emas. U mavjud bo‘lgan barcha variantlarni ko‘rib chiqadi. Ular orasida "Parma" ham bor. Kelajak haqida suhbatlashish uchun u bilan shu hafta ko‘rishaman. Keling, nima bo‘lishini kuzatishda davom etamiz", - deydi agent.