Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — Superligaga chempion bo‘lib chiqish»

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — Superligaga chempion bo‘lib chiqish»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Pro liganing 11-turi doirasida "Yangiyer"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi, chunki, bundan avval ketma-ket ikkita uchrashuvda jami 5ta gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘lgan edik. Bugun himoya chizig‘imiz nolga o‘ynadi. Hujumda esa 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Yarim himoyada ham faol o‘yin namoyish etildi. Shuning uchun, bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklab qolaman. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlikni olib borib, ochko yig‘ishda davom etamiz.

Bugungi kunda jamoamizda 20 ta maydon o‘yinchilari bor. Chap qanotda harakatlanib kelgan Saydullo Rahmatovda charchoqlik alomatlari paydo bo‘lganligi sabab, bugungi o‘yinda Umar Adhamzodaga imkoniyatni taqdim etdik va u o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib, ishonchimizni oqladi. Zaxirada qolib ketgan Izzatilla Abdullayev, Sherzod Karimov va Tohir Shamshitdinovlar bugungi bahsga psixologik va taktik jihatdan tayyor turganligi tufayli asosiy tarkibda harakat qildilar. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda ham ular o‘zlarining yorqin o‘yinlarini namoyon etishadi. Chempionatimiz  hali uzoq davom etishini inobatga olib, Abdulloh Olimov  va Saydullo  Rahmatov singari futbolchilarimizni ayagan holda, zaxiradan maydonga tushirdik.

Keyingi bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, o‘zimizni ustimizdan ko‘proq ishlashga harakat qilamiz. Chunki, Pro liganing yetakchi klublarida katta tajribaga ega nomdor murabbiylar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular ham bizga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘yinlarimizni taxlil  qilib, o‘rganib chiqishadi. Shuning uchun, bizga qiyinchiliklarni keltirishlari turgan gap. Biz ham o‘z tomonimizdan hatolarimiz ustidan jiddiy ish olib borib, mashg‘ulotlarda astoydil harakat qilamiz.

Maqsadimiz bitta, Superligaga chempion bo‘lib chiqish. Yigitlarimiz esa buning uddasidan chiqishadi degan umiddaman", — dedi bosh murabbiy.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:15, 14.06.2021.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.