«Sevilya» Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Gjegoja Krixovyakning transferiga qiziqish bildirmoqda.
Ispan klubi 31 yoshli futbolchini Nemanya Gudelga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Polshalik yarim himoyachi uchun jamoa 7 million yevro to‘lashga tayyor, garchi uning transfer qiymati 15 millionga teng bo‘lsada.
Krixovyak 2014 yildan 2016 yilgacha «Sevilya» da o‘ynagan, shundan so‘ng PSJ uni sotib olgandi.