Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni JCH-2022 saralash yo‘lidan olib tashladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni JCH-2022 saralash yo‘lidan olib tashladi

Baho:
+ | -

Bugun Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralashining 2-bosqichiga yakun yasaladi. O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Vadim Abramov bu bahsni to‘la-to‘kis boy bergan bo‘lsa, saudiyaliklar o‘z o‘yini bilan haqli g‘alabaga erishdi.

Aslida bugungi o‘yinda bizni durang ham qanoatlantirar edi. Birinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazgan bo‘lsak-da, kambek uchun umid saqlanib turgandi. Ammo ikkinchi taym boshida o‘tkazib yuborilgan uchinchi golni barchasini chippakka chiqardi — 0:3.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida 7-pog‘onani band etdi. Ilk marta jahon chempionati saralash siklining so‘nggi bosqichiga chiqa olmadik. Afsus.

Endi 2026 yilgi JCH saralash tizimini kutishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

JCH-2022 saralash. "D" guruhi, 10-tur
SAUDIYA ARABISTONI - O‘ZBEKISTON - 3:0
Gollar: Salmon al-Faraj (25, 33), Ali al-Hassan (53)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:03, 16.06.2021.
O'qildi: 17583 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик