Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yevro-2020. Ilk turning esda qolarli onlari

Yevro-2020. Ilk turning esda qolarli onlari

Baho:
+ | -

Yevro-2020 turnirining ayni damda birinchi tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda biz bir qator qiziqarli o‘yinlar guvohi bo‘ldik. Shuningdek, turning ilk haftasidayoq turli xil rekordlar qayd etildi va kutilmagan hodisalar ro‘y berdi. Hozir esa sizlar bilan ilk turning eng esda qolarli onlarini eslab o‘tamiz.

Yengilmas Italiya

Musobaqaning ochilish o‘yinida Italiya terma jamoasi Turkiyani yirik 3-0 hisobida mag‘lub etdi. Garchi, ushbu o‘yin faqat bir jamoaning ustunliga o‘tgan bo‘lsa ham, eslashga arzigulik bir qator voqealar sodir bo‘ldi. Bular Italiyaning so‘nggi Yevropa chempionatlarida 2tadan ortiq gol urolmay kelishi an’anasining barham topishi, shuningdek, "Skuadra Adzurra"ning 28 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini eslab o‘tish zarur.

Eriksen voqeasi

Dunyoni larzaga solgan mazkur voqea butun futbol ommasi e’tiborini tortdi va qayg‘uga soldi. O‘yin payti uning yuragi urmay qolishi, daniyalik futbolchilarning ko‘z yoshi, o‘yinning vaqtincha to‘htatib qo‘yilishi, hammasi qayg‘uli, ammo futbolga bo‘lgan muhabbatimizga zarracha putur yetkazmadi, chamamda. Boisi, ayni shu pallada butun dunyo daniyalik yarim himoyachini qo‘llab-quvvatladi. Futbolchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali unga atalgan postlar qoldirishdi va o‘z gollarini unga bag‘ishlashdi. UYEFA ham bu pallada jim turmadi. Uni o‘sha bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topdi va assosiasiyaning rasmiy sahifalarida ham Kristianga sog‘lik tilab, uning holati haqida doimiy bayonot berib turildi. O‘yin payti Finlyandiya ishqibozlari futbolchining ismini jo‘r bo‘lib aytgani esa ushbu mintaqada muxlislik madaniyatining qanchalik yaxshi darajada ekanlinini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtga kelib, uning holati ancha yaxshilanib qoldi va u hozir butun dunyoning unga bo‘lgan e’tiboridan xursand bo‘layotgan bo‘lsa kerak. Chindan ham, xursand bo‘lsa arziydigan darajada mehr-muruvvat.

Turning super goli

Chexiya terma jamaosi o‘zining ilk turdagi o‘yinini Shotlandiyaga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda chexlar yetakchisi Patrik Shik hisobni ochdi. Hisobni 2-0 ko‘rinishiga ham aynan u keltirdi, ammo bu shunchaki gol emas edi. 45 metr uzoqlikdan urilgan gol Yevropa chempionatlari tarixiga kirdi. Masofa olisligi bo‘yicha ushbu gol ayni dam bu turnirda tengsiz. Shuningdek, zarbaning trayektoriyasi ham shunchaki ajoyib edi.

Yangi to‘purar

Portugaliya termasi sardori yetakchisi, to‘purari ushbu turning o‘zidayoq ikta rekord muallifiga aylandi. Yevro-2020 turniri u uchun beshinchi Yevropa chempionati sanaladi. Bu safargi ishtiroki evaziga u rekord natijani qayd etdi. Shuningdek, Vengriyaga qarshi o‘yinda u 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Ba’zan Ronalduga nisbatan tanqid toshlari otiladi, ammo u kimligini va hamon o‘z o‘z darajasida harakat qilayotganini isbotlashdan to‘xtamayapti.

 

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:10, 16.06.2021.
O'qildi: 2280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.