Kirish Ro'yxatdan o'tish

Germaniya — Fransiya o‘yinida Pogbani tishlab olgan nemis futbolchisiga nega jazo berilmadi?

Germaniya — Fransiya o‘yinida Pogbani tishlab olgan nemis futbolchisiga nega jazo berilmadi?

Baho:
+ | -
Germaniya himoyachisi Antonio Ryudiger Fransiya - Germaniya o‘yinida fransiyalik yarim himoyachi  Pol Pogbani tishlagani uchun UEFA sanksiyalariga duch kelmaydi.

"Chelsi" himoyachisi Ryudiger o‘yin oldidan nemislar qo‘pol o‘ynashi mumkinligini aytgandi. 
Keyin esa buni amalda ko‘rsatdi - epizodlardan birida Ryudiger "Manchester Yunayted"  yarim himoyachisi Pol Pogbani tishlab oldi.

Pogba hakamga norozilik bildirdi, ammo hakam fransuz futbolchisiga e’tibor bermadi.

UEFA intizom qo‘mitasi chorshanba kuni ertalab uchrashuv rasmiylarining hisobotlarini baholadi va "Chelsi"ning 28 yoshli futbolchisiga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash uchun hech qanday sabab  yo‘q degan qarorga keldi. 
 
Bundan tashqari, o‘yindan so‘ng Pol Pogba Ryudigerga hech qanday shikoyati yo‘qligini aytdi.
 
Manba: futbik.com
Kiritildi: 20:40, 16.06.2021.
O'qildi: 4150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.