Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2020. Italiya - Shveysariya. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Yevro-2020. Italiya - Shveysariya. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionati 2-tur bahslariga start berildi. Sal avvalroq muxlislar Rossiya va Turkiya ishtirokidagi o‘yinlarga guvoh bo‘lishdi. "B" guruhidagi tur bahslarini ochib bergan bahsda Rossiya Finlyandiyani kichik hisobda taslim etdi. Turkiya esa UYElsga imkoniyatni boy berdi.

Birozdan so‘ng esa "A" guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Italiya Shveysariyaga qarshi saf tortadi. Nomlar e’tibori bilan unchalik ham katta tafovutga ega bo‘lmagan bu ikki jamoaning o‘zaro o‘yini zerikarli o‘tmasligi turgan gap. Zero, Vladimir Petkovich shogirdlarining guruhdagi holati ham jamoani shunga udashi shubhasiz. Guruh peshqadami ustidan qozonilgan g‘alaba kelasi bosqich uchun intrigani oshiradi degan umiddamiz.

Stadion.uz ham doimgidek, uchrashuvga doir qiziqarli fakt va statistikalar bilan baham ko‘rishda davom etadi.

Ushbu jamolar barcha turnirlar doirasida jami 57 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ularda yaqqol Italiyaning ustunligini ko‘rishimiz mumkin.

• "Moviy gvardiya" umumiy o‘yinlarning 28 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 7 marta Shveysariyaning qo‘li baland kelgan. Qolgan 22 bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmagan.

• Eng qizig‘i, tomonlarning o‘zaro so‘nggi 3 o‘yini durang bilan yakuniga yetgan va ularning barchasi xalqaro o‘rtoqlik bahslarida o‘tkazilganini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Oxirgi va eng yaqin uchrashuv 2010 yilning 5 iyunida bo‘lib o‘tgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgan.

• Ushbu jamoalarning bugungi to‘qnashuvi Yevropa chempionatidagi dastlabkisi hisoblanadi.

• Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamoalarning so‘nggi 3 ta o‘rtoqlik bahsi durang bilan o‘z yakuniga yetgan.

• Italiya o‘tgan yilning oktyabridan buyon barcha musobaqalar doirasidagi jami 9 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. Bu kamdan kam kuzatiladigan ajoyib sermahsullik degani.

• Italiya ushbu 9 ta qarama-qarshiliklar doirasida kamida 2 tadan ko‘p gol urib kelmoqda.

• Aksincha Shveysariya Yevropa chempionati doirasidagi so‘nggi 14 uchrashuvining atigi 1 tasida bittadan ko‘p gol urishning uddasidan chiqqan xolos.

• Bugungi bahsdagi g‘alaba Italiyani ushbu turnirning ilk pley-offchisiga aylantiradi.

• Italiya o‘zining so‘nggi 9 ta o‘rtoqlik bahsida birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

• Italiya o‘z maydonida Shveysariyaga qarshi 24 uchrashuvdan atigi bir marta yutkazgan xolos. Bu orada 18 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etilgan. Oxirgi marta italyanlar 1982 yili raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yganlar.

• Shveysariya Yevrodagi so‘nggi 4 bahsining barchasida durang o‘ynagan. Bu natijani musobaqa tarixida hali hech bir jamoa amalga oshirmagan edi.

• Italiya 28 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyaga ega. Jahon rekordigacha yana 8 ta muvaffaqiyatli bahs qoldi.

O‘z o‘rnida Shveysariya ham 9 o‘yindan beri imkoniyatni boy bermay kelyapti. Ularning ichida Germaniya va Ispaniyaga qarshi bahslar ham bor.

• Jerdan Shakiri 2014 yildan beri jamoasining 50 foiz gollarida ishtirok etib kelmoqda. U milliy termaning jami 16 golidan 5 ta assist va 8 ta aniq zarbani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

• Shveysariya Italiyaga qarshi so‘nggi 8 bahsdan beri g‘alaba qozona olmayapti - 4 durang, 4 mag‘lubiyat.

• Janluidji Donnarumma ushbu o‘yinda darvozasidan gol o‘tkazib yubormasa Yevrolar tarixida ketma-ket bahslarda "quruq" seriya qayd etgan eng yosh kiperga aylanadi - 22 yosh, 111 kun. Ungacha bu natija rossiyalik taniqli posbon Igor Akinfeevga tegishli edi - 22 yosh 71 kun.

• Immobili "Olimpiko"ni rosmana o‘z uyiga aylantirgan. Chiro bu yerda 2016 yildan beri jami 118 ta o‘yin o‘tkazib, 92 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:41, 16.06.2021.
O'qildi: 2735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.