Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2020. Daniya - Belgiya. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Yevro-2020. Daniya - Belgiya. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati bahslari davom etadi. Bugun «B» va «C» guruhlarida 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. «B» guruhidan o‘rin olgan ikkinchi qarama-qarshilikda Daniya va Belgiya o‘yini nom e’tibori bilan ham nisbatan markaziy maqomga tortib ketadi.

Stadion.uz esa doimgidek bu ikkala jamoa haqida ayrim fakt va statistikalarga to‘xtalib o‘tadi.

• Belgiya va Daniya o‘rtasidagi bahslarga muxlislar shu paytgacha ko‘p ham guvoh bo‘laverishmagan. Har ikki jamoa o‘rtasida o‘zaro 12 ta uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Ulardan 6 ta bahsda «qizil iblislar»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa yana shuncha uchrashuvda "qizil-oqlar" zafar quchishgan. Qolgan uchta bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan.

• Belgiya hamda Daniya jamolari  o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning so‘nggi 15 bahsidan 13 tasida kamida 2 ta gol kiritilmoqda.

• Mehmonlar hujumchisi Romelu Lukaku jamoasi safida o‘zining oxirgi 19 o‘yinida 26 ta golda ishtirok etdi (22 gol, 4 assist).

• Belgiya Yevropa chempionatiga saralash doirasida barcha jamoalardan ko‘p gol urishning uddasidan chiqdi (40).

• Daniya Yevropa chempionatida  ketma-ket 3 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchrab keladi. «Qizil-oqlar» so‘nggi 11 bahsning atigi 2 tasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan (7 mag‘lubiyat va 2 durang).

• O‘z navbatida Belgiyada bu borada barcha musobaqalar doirasida 10 ta o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya mavjud (8 ta g‘alaba va 2 ta durang)

• Belgiya barcha turnirlar doirasida jami 31 bahsdan beri maydonni golsiz tark etmagan. Jamoaning darvozani ishg‘ol qila olmagan so‘nggi bahsi Rossiyada o‘tgan Jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi kuzatilgan (0:1).

• Belgiya Yevrodagi so‘nggi 5 bahsida ham birinchi bo‘lib darvozani ishg‘ol etgan.

• «Qizil iblislar» o‘sha 5 uchrashuvning 3 tasida 3 va undan ortiq gol urib kelmoqda.

• Belgiya Yevropa chempionatlarining so‘nggi 11 o‘yinida har ikkala bo‘limda ham g‘alaba qozongan.

• Ushbu uchrashuvlar davomida belgiyaliklar eng kamida 2 tadan gol urib kelishmoqda.

• Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ushbu jamoa 10 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Belgiyani oxirgi marta Millatlar ligasi doirasida oktyabrda Angliya mag‘lub etgan edi.

• Ushbu jamoa shuningdek, Yevrodagi so‘nggi 5 o‘yinning 4 tasini darvozasidan gol o‘tkazmagan holda yakunlagan.

• Shuningdek, Lukaku jamoadoshlari ko‘hna qit’aning so‘nggi 11 bahsidan beri faqat g‘alaba qozonib kelmoqda.

• Bugungi uchrashuvdagi mag‘lubiyat Daniyaga musobaqa chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Bu esa so‘nggi 8 ishtirok davomidagi 5-muvaffaqiyatsiz natija bo‘lib qayd etiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:15, 17.06.2021.
O'qildi: 1828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.