Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba Yevro-2020 matbuot anjumanida stolda pivo bo‘lishini istamadi.
Germaniya bilan g‘alaba qozongan uchrashuvdan so‘ng (1:0) matbuot anjumani o‘tkazish uchun zalga kelgan Pogba stolda bir shisha pivoni ko‘rdi. Futbolchi bu shishani polga olib tashladi, stolda suv va ikkita shisha koka-kola qoldi, xolos.
Bu orqali musulmon futbolchi Yevro-2020 homiysini reklama qilishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu matbuot anjumnaida koka-kola ichimligini chetroqqa surib qo‘ygandi.