Argentinalik futbolchi Lionel Messi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Amaldagi shartnoma muddati iyun oyining oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. "The Sun" nashrining ta’kidlashicha, rasmiy yangilanish forvardning tug‘ilgan kunida - 24 iyun kuni, Messi 34 yoshga to‘lganida amalga oshirilishi kerak.
Oldinroq «Barselona» Messiga 10 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.