Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Argentina va Braziliyada hammasi joyida. "Kopa Amerika" 2-turidan so‘ng vaziyat qanday?

Argentina va Braziliyada hammasi joyida. "Kopa Amerika" 2-turidan so‘ng vaziyat qanday?

Baho:
+ | -

 

Kopa Amerika turnirining 2-tur uchrashuvlari ham o‘z yakuniga yetdi. Qiziqarli o‘tgan bu turda ayrim yetakchi klublar o‘z muxlislarini xursand qila oldi. Demak, yakunlangan o‘yinlardagi esda qolarli holatlar va jamoalarning guruhdagi holati bilan tanishib chiqamiz.

"A" guruhi

"A" guruhidan o‘rin olgan Braziliya - Peru uchrashuvida "pentakampeonlar" o‘z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘yinning 12-daqiqasida Aleks Sandro hisobni ochib bergan golga mualliflik qildi. 68-daqiqada o‘tib borayotgan bir paytda "selesao" yetakchisi Neymar hisobni 2-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishiga yaqin 89-daqiqada Everton Ribeyro va 93-daqiqada Richarlison gol urib, hisobni yirik 4-0 hisobiga keltirib qo‘ydi. Shunday qilib, braziliyaliklar ikki o‘yinda maksimal ochko yig‘ib, hozircha guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Mazkur guruhning ikkinchi o‘yini biroz zerikarli bo‘lib o‘tdi. Yaqqol favorit sifatida qaralayotgan Kolumbiya amalda ham yaxshi o‘yinlar namoyish etdi va har javhada ustunlikki erishdi, ammo realizasiya borasida ularga omad etishmadi. Shuningdek, o‘yinga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Kolumbiya terma jamoasi vingeri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shunday qilib mazkur bahsda kolumbiyaliklar muhim ikki ochkoni qo‘ldan chiqardi.

"B" guruhi

Bugun tongda esa "B" guruhidan o‘rin olgan ikki o‘yin bilan "Kopa Amerika" turniri davom etdi. Ilk bahsda Chili terma jamoasi Boliviyaga qarshi maydonga chiqdi. Bu o‘yinda "La Roxa"ga favorit sifatida qaralayotgan edi. Amalda ham shunday bo‘ldi. O‘yinning 10-daqiqasida Chili futbolchisi Ben Breretonning urgan goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va Martin Laserte shogirdlari muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu guruhning ikkinchi o‘yinida esa katta nomlarning o‘zaro to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Argentina terma jamoasi o‘zining azaliy raqiblaridan biri bo‘lmish Urugvayga qarshi maydonga ko‘tarildi. Hujumkorlik borasida "albisileste" raqibni ancha qiynab qo‘ydi. O‘yinning 13-daqiqasida Leoning qanotdan yo‘llagan uzatmasidan so‘ng Gvido Rodriges hisobni ochdi. Shunday so‘ng Messi va uning jamoadoshlarida ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ular boshqa gol ham urmadi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Argentina ochkolari sonini 4 taga yetkazib qo‘ydi va hozircha Chili bilan bu guruhda yetakchi bo‘lib turibdi.

"A" guruhidagi vaziyat 

Argentina 4 2 1 0 1 2 1 +1
Chili 4 2 1 0 1 2 1 +1
Paragvay 3 1 1 0 0 3 1 +2
Urugvay 0 1 0 1 0 0 1 -1
Boliviya 0 2 0 2 0 1 4 -3

 

"B" guruhidagi vaziyat

Braziliya 6 2 2 0 0 7 0 +7
Kolumbiya 4 2 1 0 1 1 0 +1
Venesuela 1 2 0 1 1 0 3 -3
Ekvador 0 1 0 1 0 0 1 -1
Peru 0 1 0 1 0 0 4 -4

 

 

Kiritildi: 16:26, 19.06.2021.
O'qildi: 5077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.