Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Stadion.uz xodimlarining Portugaliya hamda Germaniya o‘yini haqidagi taxminlari qanday?

Stadion.uz xodimlarining Portugaliya hamda Germaniya o‘yini haqidagi taxminlari qanday?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Yevropa chempionati «o‘lim» guruhidan joy olgan jamoalar ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

E’tiborimizni shubhasiz, Portugaliya hamda Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘ziga qaratgan. O‘yinga aloqador faktorlar ko‘p. Bahs natijasi har ikkala jamoaning ham taqdirini keskin o‘zgartirib yuborishi kutilmoqda. Kimdir o‘z yurishini ishonchli tarzda davom ettirsa, yana kimdir musobaqa bilan xayrlashishi ham mumkin.

Saytimiz xodimlari ham uchrashuv haqida o‘z taxmin va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Yusufbek Saydaliyev 

Germaniya va Portugaliyaning hozirgi holati o‘ta qaltis pozisiyaga kelib to‘xtagan. Nafaqat nomlar e’tiboridan, balki guruhdagi vaziyat nuqtayi nazaridan ham har ikki jamoaning tutgan o‘rni va vaziyati tubdan farq qiladi. Portugaliyaga bugungi o‘yindagi g‘alaba kelasi bosqich uchun yo‘llanmani naqd qilib bersa, aksincha, Bundestim uchun turnirning chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishi ham deyarli aniq.

Shu sababli bugun shaxsan o‘zim har ikki jamoaning uslubini almashib olishlarini kutyapman. Tabiiyki, «nemis mashinasi»ning vajohatidan qo‘rqqan portugallar avvalgi rang-barangligidan biroz ortga chekingan holda, himoya ustiga o‘yin qurishlari ehtimoli katta. Aksincha, Germaniyaning buyog‘iga yo‘qotadigan naarsasi qolmagan. Jamoa dastlabki daqiqalardanoq katta ehtimol hujumkor futbolni yoqib oladi.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, bu yerda menimcha, katta tajriba o‘z so‘zini oqlaydi. Lyov Portugaliya bilan qanday o‘ynashni juda yaxshi biladi. U bu yurt vakillariga qarshi jami 5 marta to‘qnash kelgan, oxirgi 4 ta bahsda faqat g‘alaba qozongan. Buning ustiga terma safida so‘nggi paytlar «moda»siga aylangan, nemis murabbiylari qo‘l ostida mavsumni fantastik o‘tkazgan futbolchilarni yetarlicha topish mumkin. Qo‘shimchasiga kechaning asosiy qahramoni deb aytilayotgan Ronalduning Germaniya terma jamoasiga qarshi statistikasi juda yomon. U bu orada birorta ham gol ura olmagan. Markazdagi bog‘lamlari yaxshi ishlamayotgani ko‘rinib qolayotgan Portugaliya menimcha bugun Lyovning kuchli pragmatika aralash hujumlar yomg‘iriga dosh bera olmasa kerak.

Portugaliya 1:2 Germaniya.

Dadajon Foziljonov

Portugaliya nisbatan himoyaviy o‘yin namoyish etadi. Har holda raqib Germaniya. Shuning uchun o‘yin u qadar gollarga boy bo‘lmaydi. Biroq, Portugaliya 1 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olib, baxs so‘nggiga qadar natija uchun o‘ynaydi. Portugaliya keyingi bosqichda. 

Portugaliya 2:1 Germaniya.

Nodirjon Abdurasulov

Menimcha bugun Portugaliya o‘z darajasini namoyish eta oladi va Germaniya terma jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatadi. Amaldagi Yevropa chempionlari Yoaxim Lyov shogirdlarini ishonchli hisobda mag‘lub etgan holda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Krishtianu Ronaldu va Brunu Fernandesh nemislarga yaxshigina muammo bo‘lishlarini kutyapman.

Portugaliya 2:0 Germaniya.

Jamjidjon Mahmudov

Portugaliya Germaniya bahsida biroz ustunlik nemislar tomonda. Sababi, o‘yin Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ammo, bu bilan Santush shogirdlarini imkoniyatini pasaytira olmaymiz. Chunki, portugallar safida potensiali yuqori futbolchilar yetarlicha topiladi. Katta ehtimol bilan ushbu uchrashuvda pley off yo‘llanmasi uchun kurash har ikkala jamoada ham saqlanib qoladi.

Portugaliya 1:1 Germaniya.

Karim Xudayqulov

Germaniyaning Portugaliyaga qarshi o‘yini ular uchun so‘nggi imkoniyat. Sababi, ilk bahsda ular fransuzlarga imkoniyatni boy bergan edi. Hujumkorlik taraflama ular o‘sha o‘yinda yaxshi taassurot qoldirdi, ammo "nayzaning uchi" biroz o‘tmaslik qildi. Menimcha, bu bahsda Portugaliya g‘alaba qozonadi. Ayni dam ular, tarkib, o‘yin va ruhiyat taraflama ustunlikki ega.

Portugaliya 2:1 Germaniya.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:30, 19.06.2021.
O'qildi: 3596 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.