Daniyalik yarimhimoyachi Kristian Eriksenning rafiqasi Sabrina Kvist Yensen erining holati haqida gapirdi.
- Kristian bilan hamma narsa yaxshi. Unga hozir tinchlik kerak, - dedi Sabrina.
Eslatib o‘tamiz, Eriksen Yevropa chempionatining birinchi turidagi Finlyandiya bilan o‘yinda (0:1) yurak xurujini boshdan kechirdi.