Yevro-2020 turnirining "E" guruhidan o‘rin olgan Ispaniya - Polsha uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.
O‘yinning 25 daqiqasida "qizil furiya" hujumchisi Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Robert Levandovski hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi. Shundan so‘ng ispanlar tinimsiz hujumlar qilsada hisob o‘zgarmay qoldi.
Mazkur durangdang so‘ng Ispaniya o‘z ochkolari sonini 2 taga yetkazib qo‘yib, guruhda uchinchi o‘rinni band etab turibdi. Levandovski boshchiligidagi polyaklar esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.