Belgiya terma jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Torgan Azar Finlyandiya bilan bahsda jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda «qizil iblislar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Daniya bilan o‘yinda Azar tizzasidan yengil jarohat olgan (2:1). Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Torganni guruh bosqichining so‘nggi uchrashuviga jalb qilmaslikka qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyaliklar Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqishni kafolatlab bo‘lishgan. Roberto Martines shogirdlari ikki uchrashuvda 6 ochkoni qo‘lga kiritishdi.