Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi «Hilton» mehmonxonasida O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari prezidentlari Abdusalom Azizov va Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani o‘rtasida Hamkorlik shartnomasini imzolashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat futbol assosiasiyalari o‘rtasida imzolangan memorandumda ko‘zda tutilgan ko‘p yillik hamkorlik aloqalari bugun yangi bosqichga chiqdi.

Bugun O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov va QFA prezidenti Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani amalda bo‘lgan ushbu memorandumga qo‘shimcha sifatida futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasi va futbol jarayonlari xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Rahbarlar ushbu hamkorlik shartnomasi so‘nggi davr mobaynida ko‘plab hamkorliklarga zamin yaratganligi alohida ta’kidladilar. Shuningdek, ular kelajakda ham O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, terma jamoalarni tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligini e’tirof etib, bu borada Qatarning katta tajribasi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. “Men Qatar futbol assosiasiyasining so‘nggi bir necha yil ichida samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini juda qadrlayman. Yaqin kelajakda QFA bilan hamkorlikda ushbu memorandum ikki mamlakat futbol assosiasiyalariga taqdim etadigan imkoniyatlardan unumli foydalanishimizni istayman. Biz murabbiylarning malakasini oshirish va yana ko‘plab dolzarb masalalarda Qatar tomoni bilan yaqin hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz", - dedi Abdusalom Azizov.

Shuningdek, O‘FA prezidenti Qatar mamlakatini 2022 yilgi Jahon chempionati arafasida ko‘plab xalqaro futbol tadbirlarini o‘tkazayotganini e’tirof etdi. Qatarning bu boradagi tajribasi kelajakdagi hamkorlik uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Shayx Hamad QFA va O‘FAni bir-biriga bog‘lab turadigan azaliy munosabatlarni etirof etdi. “Men bugun ushbu shartnomani imzolash va o‘zaro mustahkam munosabatlarimizni kengaytirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurganimdan baxtiyorman. So‘nggi bir necha yil davomida amaldagi Memorandum jadal suratdagi hamkorlik aloqalariga turtki bo‘ldi va har ikki futbol assosiasiyaga ham katta foyda keltirdi. Ammo, men O‘zbekiston futbol assosiasiyasini yanada yaqinroq hamkorlik qilish hamda Qatar futboli va Qatar futbol assosiasiyasi yurtingiz futboliga amaliy foyda keltirishi tarafdoriman”, - dedi QFA prezidenti.

Kelishuvga kiritilgan yangi qo‘shimchalar sifatida ikki futbol assosiasiyasi tomonidan kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya xavfini yengish uchun amalga oshirilgan ishlarni yanada rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shishi ta’kidlandi. So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani O‘FA prezidentini O‘zbekiston 2022 yilgi 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi va QFAning barcha masalada yordamga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qatar futbol assosiasiyalari rahbarlari davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida Osiyo futbol konfederasiyasiga a’zo assosiasiyalar futbolni rivojlantirish uchun ko‘proq hamkorlik qilishlari zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, suhbat davomida OFK musobaqalariga tegishli boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:20, 20.06.2021.
O'qildi: 3479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.