Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasini qabul qiladimi? Murabbiy javob berdi

Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasini qabul qiladimi? Murabbiy javob berdi

Baho:
+ | -1

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Nasaf" — "Andijon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— OFK kubogi doirasida markazlashgan o‘yinlardagi muvaffaqiyatlarimiz bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. FIFA kunlari sabab Superligada biroz tanaffus yuzaga keldi. Tanaffus baribir o‘z so‘zini aytmasdan qolmaydi. Bugungi o‘yinda "Andijon" jamosi turnir jadvalida pastda bo‘lgani tufayli natija uchun o‘ynashini bilardik. Ko‘rib turganingizdek, raqib qarshi hujumga tayangan holda 5-4-1 sxemasini tanladi. Shu sabab biz ham oldingi chiziqda vaziyatlar yaratishga qiynaldik. Qizil kartochka oldimizdagi vazifani biroz qiyinlashtirdi. Lekin yigitlar vaziyatga to‘g‘ri baholay olishdi va ikkinchi golni urib o‘yin taqdirini hal qilishdi.

— Qizil kartochkali vaziyatda bu ko‘proq kimni xatosi deb bilasiz?
— Hujum tashkil etayotganimizda to‘pni yo‘qotdik. Shundan so‘ng raqib xavfli hujum tashkil etdi. Himoyachilarimiz ham o‘yindan tashqari xolatni yuzaga keltirishda xatoga yo‘l qo‘yishdi. Bu vaziyatda Umid Ergashevning qo‘l bilan o‘ynashini xato deb aytmagan bo‘lardim, chunki to‘p undan ham o‘tsa gol bo‘lishi mumkin edi.

— Jamoa 3 ta frontda kurashmoqda. Transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish rejada bormi?
— Albatta, biz buni judayam istayapmiz. Bir tarkib bilan 3 ta musobaqada muvaffaqiyat qozonish juda qiyin. Hozirda tarkibimizga yangi futbolchilarni qo‘shib olish uchun izlanishdamiz. Qaysidir futbolchini oladigan bo‘lsak, oldimizdagi vazifalarni yecha oladigan darajasi bo‘lishi kerak. Tajribali, kuchli legioner olishimiz kerak, shuningdek qanotda faollik namoyish etadigan futbolchi ham bizga kerak bo‘ladi.

— “Mash’al"dan kelgan legioner futbolchi jamoada ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqida nimalarni ayta olasiz?
— Bu futbolchining bizga ma’qul keladigan jihatlari bor, to‘p bilan juda yaxshi harakat qilar ekan. Ammo o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bu futbolchining transfer huquqi hozirda "Mash’al" jamoasiga tegishli. Klubimiz rahbariyati bu borada kelishuvga erishsa, balki uni jamoamizda ko‘rarmiz.

— Terma jamoaga turli murabbiylar nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Sizga bu borada jiddiy taklif tushsa jamoadan ketarmidingiz?
— Hozir "Nasaf"daman, oldimizda jiddiy vazifalar turibdi. Hozir faqat zimmamdagi vazifalar haqida o‘ylashim kerak, bu bugungi o‘yindan chiqib ketib gapirish kerak bo‘lgan savol.

— Husayin Norchayev oldingi chiziqda yolg‘izlanib qolayotgandek...
— Biz har bir o‘yinda maksimal darajada harakat qilayapmiz. Imkon qadar zaxiramizdan hujumchi chiqarishga harakat qilayapmiz. Lekin hozirgi kunda zaxira variantlarmiz ko‘p emas. O‘z imkoniyatimizdan kelib chiqib harakat qilayapmiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:00, 21.06.2021.
O'qildi: 12581 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик