"Inter" klubi o‘z futbolchisi Aleksandr Kolarovga hamkorlikni davom ettirishni taklif qilmoqda.
Biroq, "neradzuri" futbolchining maoshini 3 million yevrodan 1.5 million yevrogacha qisqartirishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli qanot himoyachisiga Italiyaning boshqa bir klubi "Bolonya" qiziqish bildirayotgan edi.