Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Braziliyadan irodali g‘alaba, Chili esa "qoqildi". "Kopa Amerika"da 4-tur o‘z yakuniga yetdi

Braziliyadan irodali g‘alaba, Chili esa "qoqildi". "Kopa Amerika"da 4-tur o‘z yakuniga yetdi

Baho:
+ | -

Bir qator kuchli terma jamoalar ishtirok etayotgan "Kopa Amerika" turniri guruh bosqich o‘yinlari davom etmoqda va unda tobora ko‘p narsa oydinlashib bormoqda. Yakunlangan 4 tur ham bizga bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etdi. Sermahsullik bobida ham ushbu tur qolganlaridan ajralib turdi. Demak, bugun va kecha bo‘lib o‘tgan barcha o‘yinlarga to‘htalib o‘tamiz. 

"A" guruhi 

Ekvador - Peru 2-2

Ushbu guruhda 4-tur anchagina qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Ilk o‘yinda Ekvador terma jamosi Peruga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 23-daqiqasida Peru futbolchisi Renato Tapia o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Ayrton Presyado gol urib, Ekvador 2-0 hisobida tanaffusga chiqib ketishini ta’minlab berdi. Ikkinchi bo‘limni Peru anchagina hujumkor boshladi va 48 daqiqada Janluka Lapadula hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroz o‘tib, ya’ni 54-daqiqada Andre Karillyo gol urib muvozanatni tikladi. Shunday qilib, 2-2 hisobi o‘yin yakunigacha saqlanib qoldi. 

Braziliya - Kolumbiya 2-1

Ushbu guruhning va turning markaziy o‘yinlaridan biri bu Braziliya Kolumbiya uchrashuvi edi. O‘yinning 10- daqiqasida kolumbiyalik  Luis Fernando Dias o‘zining super zarbasi bilan hisobni ochib berdi. Shundan so‘ng, braziliyaliklar tinimsiz hujumlar uyushtirishdi, ammo hujumlar samarasiz yakunlanar edi. 78-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda nihoyat Firmino gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda yani 100-daqiqada Kazemiro gol urdi va Braziliya g‘alabani ilib ketdi. Drammatik bahsda "pentakampeonlar" o‘z hisobiga navbatdagi ochkolarni yozib qo‘yib, keyingi bosqichga birinchi o‘rinda chiqish masalasini hal qildi. 

"B" guruhi

Boliviya - Urugvay 0-2

Ikkinchi guruhdan o‘rin olgan uchrashuvlar ham anchagina qiziqarli va kutilmagan natijani bizga taqdim etdi. Urugvay hamda Boliviya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 40-daqiqasida boliviyalik Xayro Kinteros o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 79-daqiqada esa Urugvay terma jamoasining tajribali hujumchisi Edinson Kavani hisobni 2-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi va ular o‘z hisobiga 3 ochkoni yozdirib qo‘yishdi. 

Paragvay - Chili 2-0

Ushbu guruhdan o‘rin olgan ikkinchi bahsda biroz kutilmagan natija qayd etildi. 33-daqiqada Brayan Samudio o‘yinda hisobni ochib berdi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida esa Migel Almiron Paragvayning ikkinchi goliga mualliflik qildi va o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi. Ushbu g‘alabadan so‘ng paragvayliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etdi. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:43, 25.06.2021.
O'qildi: 5776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик