Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Yevro-2020. Belgiya - Portugaliya (raqamlar)

Yevro-2020. Belgiya - Portugaliya (raqamlar)

Baho:
+ | -

Ko‘p gol urishni yaxshi ko‘radigan Belgiya hamda Portugaliya terma jamoalari ilk bor yirij musobaqalarda to‘qnash kelishmoqda.

Ikkala jamoa ham Yevro-2020 guruh bosqichida 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Belgiya o‘z guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Portugaliya guruh bosqichini Fransiya va Germaniyadan keyin uchinchi bo‘lib yakunladi.

Mazkur juftlik g‘olibi chorak finalda Italiya - Avstriya to‘qnashuvida zafar quchgan terma jamoaga qarshi bellashadi.

Oldingi uchrashuvlar

Bu Yevro hamda JCH musobaqalari doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lsa-da, jamoalar Yevropa chempionati saralashi doirasida 6 marotaba o‘ynashgan. Eng yaqinda bo‘lib o‘tgan yirik turnirlardagi bahs Yevro-2008 saralashi doirasida bo‘lgan va ikkalar o‘yinda ham Portugaliya g‘alaba qozongan — 4:0, 2:1.

Jamoalarning oxirgi ikki uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lgan. 2016-yilda o‘tkazilgan o‘yinda Ronaldu g‘alaba golini keltirgan (2:1).

2018-yilning 2-iyunida Bryussel shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida esa 0:0 hisobi qayd etilgan. O‘shanda ham jamoalarning hozirgi murabbiylari Roberto Martines hamda Fernandu Santush boshqarishgan.

Umumiy Portugaliya Belgiyaga qarshi 18 o‘yinning oltitasida g‘alaba qozongan, 5 o‘yin belgiyaliklarning ustunligi bilan tugagan hamda 7 bor durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 21:22 Belgiya foydasiga.

Belgiya termasining Yevropa chempionatlardagi eng yaxshi natijasi 1980-yilgi musobaqa bo‘lgan. O‘shanda ular finalda G‘arbiy Germaniyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

Belgiya mazkur Yevro saralash doirasidagi 10 o‘yinda 40 gol urib to‘purar terma jamoaga aylanishdi. Mazkur gollar 15 nafar belgiyalik futbolchi tomonidan kiritilgan.

Ronaldu Yevro-2020 saralashi doirasida 11 gol urdi va faqatgina Harri Keyndan bir golga ortda qoldi.

Portugaliya Yevro-2016 musobaqasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallab, yakunda g‘olib bo‘lgan terma jamoa hisoblanadi.

Portugaliya ketma-ket yettinchi, umumiy sakkizinchi Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda.


Oxirgi xabarlar

Belgiya mazkur musobaqa guruh bosqich ikkinchi turida Daniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va hisobda ortda boraturib yakunda g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi.

Belgiyaning Yevro-2020 dagi Rossiya ustidan g‘alabasi (3:0) terma jamoaning Yevropa chempionatlari tarixidagi guruh bosqichida qo‘lga kiritilgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bunga qadar belgiyaliklar Yevro-2016 da ham mazkur hisobda Irlandiyadan ustun kelishgandi.

Belgiya Yevro-2020dagi eng tajribali jamoa hisoblanadi. Tarkibidagi 5 nafar futbolchi terma libosida 100 va undan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. Bular: Yan Vertongen, Dris Mertens, Aksel Vitsel, Tobi Alderveyreld, Eden Azar.

Portugaliyaning hozirgi tarkibida 4 nafar futbolchi Yevropa chempionatida ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida borishmoqda. Guruh bosqichidan keyin Ronalduning hisobda 24 o‘yin mavjud, keyingi o‘rinlarda Pepe va Joa Moutinyo 18 tadan o‘yin o‘tkazgan holda borishmoqda. Rui Patrisiu 15 marta maydonga tushgan.

Yevro-2016da g‘olib Portugaliya terma jamoasining 11 nafar futbolchilar ushbu musobaqada ham qatnashishmoqda: Ronaldu, Rui Patrisiu, Pepe, Fonte, Gerreyru, Danilu, Moutinyo, Rafa Silva, Sanshesh, Ulliam Karvalyu, Antoni Lopesh.

Taxminiy tarkiblar

Belgiya: Kurtua; Alderveyreld, Vermalen, Vertongen; MenYE, De Bryuyne, Vitsel, Torgan Azar; Karrasko, Lukaku, Eden Azar.

Portugaliya: Patrisiu; Semedu, Diash, Pepe, Gerreyru; Palinya, Sanshesh, Moutinyo; Bernardu, Ronaldu, Jota.

Yevro-2020 musobaqasi nimchorak finalidan o‘rin olgan Belgiya hamda Portugaliya o‘rtasidagi bahs Sevilya shahrida joylashgan "La Kartuxa" stadionida o‘tkaziladi (28-iyun, 00:00 Toshkent vaqti).

Manba: uefa.com
Kiritildi: 15:36, 26.06.2021.
O'qildi: 4534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.