Kecha Budapeshtda Yevro-2020 musobaqasining nimchorak final bahsi bo‘lib o‘tdi(2:0). Uchrashuvda dastlabki daqiqalardan maydonga tushgan Matteys de Ligt terma jamoadagi 30-o‘yinini o‘tkazdi. de Ligt ushbu natijaga 21 yosh-u 319 kunligida erishgan. Matteys terma jamoa tarixida ushbu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi.
"Yuventus" sharafini himoya qiladigan De Ligt 22 yosh-u 54 kunligida 30 ta uchrashuv o‘tkazgan sobiq yarimhimoyachi Rayan Babelning natijasidan o‘tib ketdi.