Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yevro-2016 ning eng kuchli to‘rt jamoasi Yevro-2020 nimchorak finalida musobaqani tark etdi

Yevro-2016 ning eng kuchli to‘rt jamoasi Yevro-2020 nimchorak finalida musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 musobaqasining barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Italiya va Belgiya
Ispaniya va Shvesariya
Daniya va Chexiya
Angliya va Ukraina

Mazkur o‘yinlar 2 va 3 iyul kunlari o‘tkaziladi.

Yevro-2016 musobaqasini yaxshi eslasangiz kerak. Musobaqada Portugaliya terma jamoasi g‘alaba qozongan edi. Umuman olgandi o‘shanda Uels, Germaniya va Fransiya terma jamoalari ham yarim finalga chiqishgandi.

Mazkur musobaqda esa ularning birortasi chorak finalga chiqa olmadi va xuddi kelishib olgandek nimchorak finaldayoq yurishini to‘xtatdi.

Dastlab Portugaliyadan boshlaymiz. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi yosh va iqtidorli futbolchilarga to‘la terma jamoa Belgiya to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Santush shogirdlari Belgiyaga qarshi ikkinchi bo‘limda haqiqiy kuchlarini namoyish etishdi. Ammo, hamma vaziyatlarda omad Portugaliyadan yuz o‘girdi va to‘p Tibo Kurtua darvozasiga kirgani yo‘q. Torgan Azarning birinchi bo‘lim oxirlarida kiritgan goli Roberto Martines shogirdlarini chorak finalga olib chiqdi. Boshqa tomondan qaraganda amaldagi Yevropa chempioni musobaqani tark etdi.

Ikkinchi bo‘lib Fransiya, ya’ni Yevro-2016 finalchilarining nimchorak finaldagi o‘yini haqida qisqacha to‘xtalamiz. Desham mazkur bahsda deyarli optimal tarkibni maydonga tushirdi. Rabyoning chap qanot himoyasida o‘ynaganini inobatga olmasak, barcha yuqori salohiyatli o‘yinchilar o‘z pozisiyalarida harakat qilishdi. Shvesariya dastlab hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa penaltidan foydalana olmadi va Benzemaning 103 soniyada dubl qayd etishi, Pogbaning original zarbasidan keyin fransuzlar deyarli chorak final masalasini hal qilishgandi. Ammo, Seferovich va Gavranovichlarning gollari hisobni tenglashtirdi. G‘olib nomi ekstra-taymlarda ham aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa 4:5 hisobi qayd etildi va Kilian Mbappe oxirgi zarbada adashdi. Amaldagi Jahon chempionlari ham musobaqani tark etishdi Shvesariya ham ajoyib kambekni amalga oshirib chorak final ishtirokchisiga aylandi.

Oxirgi ikki Yevroda yarim finalga qadar yetib borgan Germaniya terma jamoasi nimchorak finalda Angliya tomonidan to‘xtatildi. Ushbu bahsda Angliya haqli g‘alaba qozondi. Buni germaniyalik mutaxassislar ham tan olishdi. Angliyaning himoyada ishonchli va hujumdagi tezkorligi evaziga Yoaxim Lyov shogirdlari ojiz qolishdi. Tomas Myuller 80-daqiqalar atrofida birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va bu ham Angliyaning omadiga ishladi. Bu katta ehtimol bilan Lyovning 15 yillik Germaniya termasidagi faoliyatining yakuni edi.

O‘tgan musobaqa kashfiyoti bo‘lgan Uels termasi nimchorak finalda Daniya bilan to‘qnash keldi va 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyat bilan musobaqani tark etdi. Garet Beyl boshchiligidagi jamoa o‘tgan musobaqa chorak finalida Belgiya termasidan ustun kelib yarim finalga yo‘l olgandi. Bu safar esa jamoa nimchorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.

Natijada, kutilmagan natijalari bilan ko‘pchilikni hayron qoldirayotgan Yevro-2020 chorak final bosqichidayoq Yevro-2016 yarim finalchilarining birortasi qatnashmaydigan bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:28, 30.06.2021.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.