Ispaniyaning "Sevilya" klubi sobiq yarim himoyachisi Franko Vaskes Italiyaning "Parma" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Franko Janluiji Buffonning jamoadoshiga aylandi.
Taniqli janubiy amerikalik 2023-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishga imkon beruvchi band mavjud.
"Parma" keyingi mavsumda B seriyasida o‘ynaydi.