Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Yevro-2020. Chorak finalnig markaziy uchrashuvi: Belgiya va Italiyaning shu bosqichga qadar bosib o‘tgan yo‘li

Yevro-2020. Chorak finalnig markaziy uchrashuvi: Belgiya va Italiyaning shu bosqichga qadar bosib o‘tgan yo‘li

Baho:
+ | -

Mazkur bosqichda shubhasiz Belgiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs markaziy maqomida o‘tadi.

24 terma jamoadan sakkiztasi musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda. Biz ulardan ikkitasi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

BELGIYA

Belgiya terma jamoasi "B" guruhida Daniya, Rossiya, Finlandiya bilan bellashdi va 9 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Nimchorak finalda esa amaldagi Yevropa chempion Portugaliya terma jamoasi minimal 1:0 hisobida mag‘lub etildi.

Chorak finalda belgiyaliklarga Italiya to‘qnash keladi. Bahs 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadi.

"B" guruhi natijalari

12/06 Belgiya 3:0 Rossiya (Sankt-Peterburg)
17/06 Daniya 1:2 Belgiya (Kopengagen)
21/06 Finlandiya 0:2 Belgiya (Sankt-Peterburg)

Nimchorak final

27/06 Belgiya 1:0 Portugaliya (Sevilya)

Chorak final

02/07 Belgiya - Italiya (Myunxen, 23:55)


Jamoaning Yevro-2020 dagi to‘purari: Romelu Lukaku (3 gol).

Yevro saralashi doirasida Belgiya 10 o‘yinda 10 g‘alaba qayd etdi. To‘plar nisbati: 40-3.

Belgiyaning Yevropa chempionatlardagi eng yaxshi natijasi 1980 yilda qayd etilgan (finalchi).

O‘tgan Yevroda jamoa Uelsga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan va chorak finalda ishtirokini yakunlagan.

Bosh murabbiy: Roberto Martines

Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.

Asosiy o‘yinchi: Kevin De Bryuyne

Chempionlar ligasi-2019/2020 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi Yevro saralashining 6 o‘yinida 4 gol va 7 assist muallifiga aylangan. Shuningdek, o‘sha mavsumda APLda 20 assist bilan Tyerri Anri o‘rnatgan rekordni takrorlagan. Belgiya uni Italiyaga qarshi bahsga qadar formasini tiklab olishini istamoqda.

O‘yinini ko‘rish kerak bo‘lgan futbolchi: Yuri Tielemans

"Lester"ning yarim himoyadagi ko‘p qirrali futbolchisi, uzoq masofadan o‘tkir zarbaga ega 24 yoshli o‘yinchi maydonda katta ko‘lamdagi ishlarni bajaradi.

Bilasizmi?

Belgiya FIFA reytingiga ko‘ra dunyoning eng kuchli terma jamoasi bo‘lib turibdi.


ITALIYA

Italiya terma jamoasi "A" guruhida Uels, Shvesariya, Turkiya bilan bir guruhdan joy oldi va 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqdi. To‘plar nisbati: 7-0.

Nimchorak finaldagi Avstriyaga qarshi o‘yinda ekstra-taymlarda kiritilgan gollar (2:1) Italiyaga chorak final eshigini ochdi.

Yarim final ostonasida "skuadradzurra" Belgiya bilag o‘ynaydi.

"A" guruhi natijalari

11/06 Turkiya 0:3 Italiya (Rim)
16/06 Italiya 3:0 Shvesariya (Rim)
20/06 Italiya 1:0 Uels (Rim)

Nimchorak final

26/06 Italiya 2:1 Avstriya (ekstra-taymlar) (London)

Chorak final

02/07 Belgiya - Italiya (Myunxen, 23:55)

Italiya termasining Yevro-2020 dagi to‘purarlari: Chiro Immobile, Manuel Lokatelli, Matteo Pessina (2 gol).

Yevro saralashida Italiya 10 o‘yinda 10 g‘alaba qayd etgan. To‘plar nisbati: 37-4.

Yevro saralashi to‘purari: Andrea Belotti (5)

Italiya terma jamoasi 1968 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.

O‘tgan Yevroda esa chorak finalda Germaniya termasiga imkoniyatni boy bergan (1:1, pen. 5-6).

Bosh murabbiy: Roberto Manchini

Italiya termasida omadi kelmagan bo‘lsa ham o‘z davrining eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan va murabbiylik faoliyatida Italiya, Angliya, Turkiya klubilaridagi muvaffaqitidan keyin terma jamoada ham porlashga o‘ch bo‘lib turgan murabbiy. Boshlanishi juda ham ajoyib.

Asosiy o‘yinchi: Jorjinyo

Italiya lagerida uni Radio Jorjinyo deb chaqirishadi. Chunki, futbolchi o‘yin paytida ham turli ko‘rsatmalar bergan holda sheriklari bilan gaplashadi. Italiyaning miyasi, haqiqiy boshqaruvchisi hisoblanadi.

O‘yinini kuzatish kerak bo‘lgan futbolchi: Nikolo Barella

Manchini formati shakllanishidagi asosiy maydonning istalgan joyida paydo bo‘ladigan futbolchisi. Sardiniyada tavallud topgan va "Inter"ning A Seriya chempionligida asosiy rolni bajargan 24 yoshli xavbek yuqori texnika, kurashlardagi mahorati va ko‘p energisi hamda raqib jarima maydoniga to‘g‘ri vaqtda paytda kirib borishi bilan ajralib turadi.

Bilasizmi?

Musobaqa davomida Italiya ketma-ket qo‘lga kiritilgan g‘alabalar (12) seriyasi va mag‘lubiyatsiz o‘yinlar (31) bo‘yicha rekordlarni yangiladi.

Manba: euro2020.com
Kiritildi: 13:02, 30.06.2021.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.