Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yevro-2020. Kashfiyot terma jamoalarning chorak finalgacha bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishing

Yevro-2020. Kashfiyot terma jamoalarning chorak finalgacha bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishing

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati-2020 musobaqasining chorak final juftliklari orasida Daniya va Chexiya to‘qnashuvi zaif ko‘rinishi mumkin.

Ammo, ushbu ikki terma jamoalar bizga syurprizlar taqdim etishdi va bularning biri yarim finalga chiqadi.

CHEXIYA

Chexiya terma jamoasi "D" guruhida Angliya, Xorvatiya va Shotlandiya bilan bellashdi. Uch o‘yinda 4 ochko to‘plagan chexlar uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishdi. To‘plar nisbati: 3-2.

Nimchorak finalda Niderlandiya termasi 2:0 hisobida mag‘lub etildi va chorak finalga yo‘l oldi.

"D" guruhi natijalari

14/06 Shotlandiya 0:2 Chexiya (Glazgo)
18/06 Xorvatiya 1:1 Chexiya (Glazgo)
22/06 Chexiya 0:1 Angliya (London)

Nimchorak final

27/06 Niderlandiya 0:2 Chexiya (Budapesht)

Chorak final

03/07 Chexiya - Daniya (Boku, 21:00)


Chexiya to‘purari: Patrik Shik (4 gol)

Yevropa chempionati saralashida 8 o‘yinda 5 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 13-11. Yevro saralashidagi to‘purar: Patrik Shik (4)

Chexiya terma jamoasi 1976 yilda Chexoslovakiya nomi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan. O‘tgan Yevro-2016da guruh bosqichidan chiqa olmagan.


Bosh murabbiy: Yaroslav Shilhavi

Chexiya divizionida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (465) rekordchi, murabbiy sifatida ikkita sovrinni qo‘lga kiritgan. 59 yoshli mutaxassis 2018 yilning sentyabr oyidan beri Chexiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Asosiy o‘yinchi: Patrik Shik

"Bayer" (Leverkuzen) hujumchisi musobaqaga formada keldi va o‘zining o‘tkir yakunlash qobiliyati bilan ishonchli to‘purar ekanligini isbotladi.

O‘yinini kuzatish kerak bo‘lgan futbolchi: Tomash Souchek

Chexiya termasi yarim himoyasining yuragi va "Vest Xem"ning o‘tgan mavsumdagi yetakchisi APLda 10 golda qatnashgan.

2018/2019 yilgi mavsumda Chexiyaning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.

Bilasizmi?

Chexiya mustaqil davlat sifatida yettinchi bor Yevropa chempionatida qatnashmoqda.


DANIYA

Daniya terma jamoasi "B" guruhida Belgiya, Finlandiya va Rossiya bilan bellashdi. 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni olgan Daniya pley-offda Uelsni yirik hisobda (4:0) mag‘lub etdi.

"V" guruhi natijalari

12/06 Daniya 0:1 Finlandiya (Kopengagen)
17/06 Daniya 1:2 Belgiya (Kopengagen)
21/06 Rossiya 1:4 Daniya (Kopengagen)

Nimchorak final

26/06 Uels 0:4 Daniya (Amsterdam)

Chorak final

03/07 Chexiya - Daniya (Boku, 21:00)

 

Daniya to‘purarlari: Kasper Dolberg, Yoaxim MelYE, Yussuf Poulsen (2 gol).

Yevropa chempionati saralashida 8 o‘yinda 4 g‘alaba va 4 durang qayd etgan. To‘plar nisbati: 23-6.

Yevro saralashidagi to‘purar: Kristian Eriksen (5)

Daniya terma jamoasi Yevro-1992da chempion bo‘lgan. O‘tgan Yevroga esa chiqa olmagan.

Bosh murabbiy: Kasper Xyulman

"Norshelland" sobiq bosh murabbiyi 2020 yilning iyul oyida Daniya boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan.

Asosiy o‘yinchi: Mikkel Damsgor

Daniya terma jamoasining eng yosh futbolchisi Eriksenning yo‘qligida asosiy ijodkorga aylandi. 20 yoshli futbolchi maydonni yaxshi ko‘radi, o‘yinni yaxshi o‘qiydi va uning yakunlovchi zarbasi darvozabonlar uchun boshog‘riq. Buni Rossiyaga qarshi o‘yinda isbotladi.

O‘yinini kuzatish kerak bo‘lgan futbolchi: Andreas Skov Olsen

21 yoshli "Bolonya" hujumchisi Yevropa chempionatiga kelishidan oldin Daniya safida hujumdagi imkoniyatlarini namoyish etgan holda 179 daqiqa ichida 3 gol va 4 assist qayd etdi.

Bilasizmi?

Daniya Yevro-92ga chiqa olmagan, ammo musobaqa boshlanishidan 10 kun oldin Yugoslaviyaning chetlashtirilgani oqibatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan va yakunda musobaqa chempioniga aylangan.

Manba: euro2020.com
Kiritildi: 14:54, 30.06.2021.
O'qildi: 3554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик