Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Amerika Kubogida emas, Yevropa chempionatida to‘p tepayotgan braziliyaliklar

Amerika Kubogida emas, Yevropa chempionatida to‘p tepayotgan braziliyaliklar

Baho:
+ | -

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yoz birdaniga ikkita yirik futbol musobaqasini o‘tkazilmoqda - Yevropa chempionati va Amerika kubogi. Yevropalik muxlislar ko‘proq o‘zlarining qit’a musobaqalariga e’tibor qaratishlari aniq, janubiy amerikaliklarga esa ko‘proq Amerika Kubogi qiziqroq.

Janubiy Amerikada tug‘ilgan, ammo Yevropa jamoalarida o‘ynash uchun fuqaroligini o‘zgartirgan ba’zi futbolchilar ayni paytda Yevropa chempionatida o‘ynashmoqda. Bu esa Amerika qit’asi iqtidorlarni yetishtirib berishda ancha salmoqli ishlarni amalga oshirganligidan dalolat. Hozir esa biz sizlar bilan aynan Amerika Kubogida emas, balki Yevroda o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lgan yettita braziliyalik futbolchi haqida ma’lumot berishga qaror qildik...

PEPE

Fuqaroligi: Portugaliya / Braziliya
Yoshi: 38 yoshda
Klub: "Portu"

Pepe Braziliyada tug‘ilib o‘sgan, u yerda futbol o‘ynash asoslarini o‘rganishni boshlagan, ammo faoliyatining eng yuqori davrlarini aynan Yevropada o‘tkazgan. 2001 yil yozida, himoyachi atigi 18 yoshda bo‘lganida, u "Maritimu" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Pepe u yerda uch yil ichida u portugal grandi "Portu" e’tiboriga tushadigan darajada o‘ynadi. Futbolchi uch mavsumni "ajdaholar" lagerida o‘tkazdi, so‘ngra 30 million yevro evaziga Madridning "Real" klubiga o‘tdi va u yerda o‘n yil davomida markaziy himoyachi pozisiyasini to‘p tepdi. Pepening keyingi faoliyati "Beshiktosh" bilan bog‘landi va 2019 yil yanvaridan buyon tajribali futbolchi "Portu"ga qaytdi va hozirgacha ushbu jamoa sharafini himoya qilmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, futbolchining yoshiga qaramay, o‘tgan yil oxirida klub Pepe bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. Ushbu kelishuv 2023 yil yoziga qadar amal qiladi. O‘sha paytda Pepe 40 yoshni qarshilagan bo‘ladi.

Pepe 20 yoshigacha Braziliya terma jamoasiga chaqiruvni kutgan edi, ammo "pentakampionlar" murabbiylar shtabidan e’tibor olmaganligi sababli himoyachi portugaliyaliklarning taklifini qabul qilishni ma’qul ko‘rdi. Keyin futbolchi biroz afsuslangandek tuyuldi, ammo voqealarning keyingi borishi uning mutlaqo haqligini ko‘rsatdi. 2016 yilda Pepe Portugaliya bilan birgalikda Yevropa chempionatining g‘olibiga aylandi. Ammo, joriy yilgi musobaqada Pepe va uning jamoadoshlari omadi kelmadi. Portugaliya nimchorak finalda Belgiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etdi.

Rafael TOLOY

Fuqaroligi: Italiya / Braziliya
Yoshi: 30 yoshda
Klub: "Atalanta"

23 yoshiga qadar Toloy vatani Braziliyada o‘ynagan, ammo keyin Italiyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi, futbolchini u yerda "Roma" ijaraga oldi. Keyinchalik, "San Paulu"ga tegishli bo‘lgan Rafaelni "Atalanta" sotib olishga qaror qildi. 2015 yil yozidan boshlab Toloy Bergamo klubi tarkibida o‘ynab keladi. "Atalanta"ning oxirgi mavsumlardagi qahramonliklarida ham aynan Toloyning xizmatlari katta ekanligini e’tirof etio‘ kerak.

"Atalanta"ning muvaffaqiyatlarini hisobga olgan holda, ko‘plab mutaxassislar futbolchi yaqin kunlarda Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olishini taxmin qilishdi. Ammo, amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Shundan keyin Rafael Italiya fuqoroligini olishga qaror qildi.

U mamlakatda besh yildan ortiq yashab, Italiya fuqaroligini olish uchun barcha talablarni bajardi, shundan so‘ng FIFA Toloyga "Skuadru Adzurra"da o‘ynashga ruxsat berdi. Toloyning Italiya terma jamoasidagi debyuti shu yilning 31 martida bo‘lib o‘tdi va Roberto Manchini himoyachini Yevro-2020 uchun jamoadagi zarur element deb bildi. Hozirgi kunda Rafael va italiyaliklar guruh bosqichidagi uchta o‘yindan ham, nimchorak final bosqichidan ham muvffaqiyatli o‘tib, chorak final bahsini kutishmoqda. Ularga bu bosqichda Belgiya termasi raqiblik qiladi. Kim biladi, ehtimol turnir oxirida Toloy besh yil avval Pepe singari, chempionat g‘olibining nufuzli kubogini boshi uzra ko‘tarar.

MARLOS

Fuqaroligi: Ukraina / Braziliya
Yosh: 33
Klub: "Shaxtyor"

Marlos o‘z faoliyatini "Koritiba" klubida boshlagan, so‘ngra "San-Paulu" va shundan keyin Ukrainaning "Metallist" jamoasiga o‘tgan. Xarkov klubi iqtisodiy muammolarga duch kela boshlagach, Marlos "Shaxtyor"ga sotib yuborildi. Futbolchi Ukraina chempionatida mukofotlarga sazovor bo‘ldi va shuningdek, Yevropa musobaqalarida ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ammo, "Shaxtyor"dan ko‘plab braziliyaliklardan farqli o‘laroq, yarim himoyachi hech qachon o‘z tug‘ilgan yurti terma jamoasidan taklif olmagan. Bu holat esa Marlosni Ukraina fuqaroligini qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga undadi. Natijada bu jarayon juda tez yakunlandi va 2017 yilning oktyabrida yarim himoyachi ukrainlar safida debyut qildi.

Ukraina terma jamoasi bilan birgalikda Marlos Yevro-2020 finaliga yo‘l oldi, ammo yoshi va raqobatbardosh emasligi tufayli, futbolchi hozir Andrey Shevchenko jamoasida asosiy o‘yinchi emas. AsosaYE, hujum potensialini kuchaytirish va harakatlarda rang-baranglikni qo‘shish talab etilganda, Andrey Marlosni o‘rinbosar sifatida maydonga tushurishni afzal ko‘radi. Texnikasi, maydonni yaxshi ko‘rishi va nozik paslarni yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli, Marlos Ukraina terma jamoasida ajralib turadi, garchi 33 yoshli yarim himoyachining jismoniy holati yomon bo‘lsa-da, futbolchi doim "sariq-oqlar" safida.

EMERSON Palmeri

Fuqaroligi: Italiya / Braziliya
Yoshi: 26 yoshda
Klub: "Chelsi"

"Santos" tarbiyalanuvchisi Emerson Palmeri 20 yoshida Yevropaga jo‘nab ketdi. Avvaliga, u "Palermo"da ijara asosida bir mavsum o‘ynadi, keyin "Roma"da ham shuncha vaqt davomida to‘p surdi. Shundan so‘ng, Palmeri tez orada to‘laqonli "bo‘rilar" futbolchisiga aylandi. A Seriyadagi Emersonning muvaffaqiyatli o‘yinlari tezda "Chelsi" ning e’tiborini tortdi, futbolchi 20 million evaziga londonliklar a’zosiga aylandi va hozirgacha mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Ammo, Palmeri Premyer ligada juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Shuning uchun yaqinda uni Italiyaga qaytib kelishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Emerson Palmerining terma jamoadagi faoliyati avvaliag juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. 17 yoshida u Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo u "pentakampionlar" asosiy jamoasidan umuman taklif olmadi. Shundan keyin, tezda italiyalik futbol funksionerlari futbolchining kelib chiqishidan foydalanib, avvaliga tegishli fuqarolikni berishdi, so‘ngra FIFAdan Emersonning "Skuadra Adzurra"da o‘ynashiga ruxsat olishdi. O‘shandan beri Emerson Italiyada o‘ynadi, garchi klubda muntazam ravishda o‘ynamasa ham, albatta, terma jamoaga chaqiruv oladi. Ammo, bugungi ro‘yxatimizning aksariyat o‘yinchilaridan farqli o‘laroq, Palmeri hozir atigi 26 yoshda.

TIAGO Alkantara

Fuqarolik: Ispaniya / Braziliya
Yoshi: 30 yoshda
Klub: "Liverpul"

Tiago Alkantara "Flamengo" akademiyasida futbol o‘ynashni boshladi, ammo 14 yoshida u "Barselona"ning yoshlar jamoasi akademiyasiga borib qo‘shildi. Bu holat esa ko‘p jihatdan uni muxlislar hozir biladigan o‘yinchiga aylantirdi. Ammo Kataloniya klubida Tiago o‘zi xohlagan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Shu sababli Xosep Gvardiola "Barselona"dan "Bavariya"ga o‘tganida, Tiago ham Myunxenga o‘tishni afzal ko‘rdi. Vaqt ko‘rsatganidek, yarim himoyachining bu qarori mutlaqo to‘g‘ri bo‘lgan. Tiago "Bavariya"dagi yetti yillik faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, shu qatorda Chempionlar Ligasi va Bundesliganing yettita chempionligi. O‘tgan yilning sentyabr oyida yarim himoyachi "Liverpul"ga o‘tdi.

Xalqaro faoliyatiga kelsak, yoshligidan Tiago Alkantara turli yoshdagi Ispaniya terma jamoalariga taklif qilingan va o‘ynagan. Shu sababli, ushbu yarim himoyachining 2011 yil 10 avgustda bo‘lib o‘tgan mamlakatning asosiy jamoasidagi debyuti hech kimni ajablantirmadi. Afsuski, Tiago hali terma jamoa bilan bironta muhim sovrin yutmagan. U Yevro-2012da qatnashmadi va shundan so‘ng ispanlar avvalgi ustunlik darajasiga qaytolganicha yo‘q. Ochig‘ini aytganda, ular Tiago Shvesiya bilan o‘yinda atigi 25 daqiqa, Slovakiyaga qarshi esa 20 daqiqa davomida o‘ynagan futbolchiga joriy Yevropa chempionatidagi ko‘rsatkichlari va natijalaridan mamnun emaslar.

JORJINYO

Fuqaroligi: Italiya / Braziliya
Yoshi: 29 yoshda
Klub: "Chelsi"

Jorjinyo Braziliyada tug‘ilib o‘sganiga qaramay, 15 yoshida u Italiyaga ketishni xohladi va u yerda futboldagi omadini izlay boshladi. Yosh braziliyalikning Yevropa mamlakatlarida ko‘plab qarindoshlari bor edi, keyinchalik bu unga Italiya fuqaroligini olishga yordam berdi. Avvaliga Jorjinyo "Verona"da o‘ynadi, keyin "Napoli" sharafini himoya qildi va Neapolda juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Shundan keyin "Chelsi" 2018 yil yozida yarim himoyachi uchun "Napoli"ga 57 million yevro to‘lagan va Jorjinyo transferini amalga oshirgan.

Jorjinyoning Italiya terma jamoasidagi debyuti 2016 yilning bahorida bo‘lib o‘tgan edi, ammo shundan keyin uzoq vaqt davomida yarim himoyachi "Adzurra" lagerida ko‘rinmadi. Futbolchi 2017 yil oxiriga kelib, terma jamoaga qaytib keldi va shundan so‘ng u tarkibda o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Joriy yil bo‘layotgan Yevropa chempionatida ham Jorjinyo Italiya jamoasining lagerida va har doimgidek ishonchli o‘ynab, to‘rtta uchrashuv o‘tkazgan. Nima uchun Braziliya rasmiylari bunday futbolchi uchun raqobatlashishga urinib ko‘rmaganligi esa juda tushunarsiz holat.

Mario FERNANDES

Fuqarolik: Rossiya / Braziliya
Yoshi: 30 yoshda
Klub: SSKA

"Gremio" tarbiyalanuvchisi Mario Fernandes 22 yoshigacha vatanida to‘p tepdi. Shundan so‘ng u 10,5 million yevro evaziga Moskvaning SSKA klubiga ko‘chib o‘tdi va hanuzgacha mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi ajoyib o‘yinlari sabab, SSKA muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. Dastlab, Fernandesning Rossiyadagi faoliyati ajoyib edi: u tezda uch karra RPL chempioniga aylandi va 2014 yilda Braziliya terma jamoasida debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, ammo faqat o‘rtoqlik uchrashuvida.

Shundan keyin, Mario jamoaga boshqa chaqirilmadi. Rossiya Federasiyasi esa Fernandesga fuqoroligini berishga qaror qildi. Mamlakat futbolchiga Rossiya bayrog‘i ostida maydonga tushushi uchun FIFAdan ruxsat olishga yordam berdi. Mario Rossiya termasidagi debyutini 2017 yilning oktyabrida o‘tkazgan va o‘shandan beri asosiy tarkibning muhim o‘yinchisidir. Xususan, Fernandes allaqachon Jahon chempionatida o‘ynagan, Millatlar Ligasida, shuningdek, Yevro-2020da qatnashgan. Ushbu braziliyalikning fuqaroligi, shubhasiz, rus futboli xodimlarining muvaffaqiyatli qarori bo‘lgan deyish mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 20:51, 30.06.2021.
O'qildi: 7057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.