Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yevro 2020dagi murabbiylar kiyinish uslubi qanaqa?

Yevro 2020dagi murabbiylar kiyinish uslubi qanaqa?

Baho:
+ | -

Futbolda maydondagi o‘yinchilarning o‘ziga xoslik uchun har xil uslubda ko‘rinish berishadi. Bunga o‘sha antiqa soch turmaklariyu, badandagi tatirovkalarni misol qilishimiz mumkin. Lekin futbolda nafaqat maydondagilar balki, maydon chetida o‘yinni boshqaruvchi murabbiylar ham ko‘rinishlarida uslubiy xoslik mavjud. Yevro 2020da ham buni guvohi bo‘lyapmiz.

Xo‘sh, qaysi murabbiy qanday uslubda ko‘rinish bermoqda?

Garet Soutgeyt

Jahon chempionati 2018 bahslarida angliyaliklar ustozi M&S firmasi tayyorlagan jiletlarda o‘yinlarni kuzatgan edi. Bugungi qit’a birinchiligida esa, maxsus terma jamoa kostyumi va polo ko‘ylak bilan o‘yinlarni o‘tkazmoqda. Shotlandiya bilan bo‘lgan bahsda yomg‘irli ob-havo bo‘lgani sababli «rainy mac» kiyimidan foydalandi. Eng zo‘r ko‘ringan o‘yini Xorvatiya bilan kechgan bahs edi. O‘yinda Sougeyt «Persival» kostyumi va polka nuqtali galstukda edi.

Luis Enrike

Enrike doimo bir xillikda yuradi. O‘z gavdasini doimo bir xil tutadigan murabbiy, o‘ziga qulay va ixcham liboslar kiygan. Sobiq «Barselona» murabbiyi ko‘ylak ustidan yengli «Pantalon» kiyishni ma’qul ko‘radi. Oyoq kiyim borasida doimo «Adidas»ni ma’qul ko‘rgan. Ammo Xorvatiyaga qarshi kechgan o‘yinda klassik shimni jinsiga almashtirdi.

Didye Desham

O‘tmishda «Chelsi» yarim himoyachisi bo‘lgan Deshamda tabiiyki ko‘k rangga moyillik bor. Shuning uchun fransuzlar ustozi kobalt ko‘k kastyum ostida ko‘pincha «Oxford» ko‘k ko‘ylagini kiyadi. Garchi uning uslubi biroz odmi bo‘lsada, terma jamoasi uchun aynan mos rang tanlagan.

Yoxim Lyov

Nemis mutaxassisi Yevroda turli xil ko‘rinishga ega bo‘ldi. E’tiborli jihati Fransiyaga qarshi o‘yinda kulrang ipli shim va ko‘k rangli «Stan Smith» futbolkasini kiyib, kiyinishda zamon bilan hamnafas bo‘lishdan qo‘rqmasligini isbotladi.

Roberto Manchini

Agar siz eng jiddiy va qat’iy ichki va tashqi uslubiyat egasini bilmoqchi bo‘lsangiz, bu shubhasiz italiyaliklar menejeri Roberto Manchinidir. U 56 yosh bo‘lishiga qaramay o‘ta sog‘lom. Negaki, uni zararli odatlari yo‘q. Maydonda o‘z jamoasini uyushqoq tarzda ushlab tura oladi. Kiyinishi ham barcha standartlarga mos – kostyum shim yoxud ko‘ylak, xolos.

Stefan Tarkovich

Slovakiya Yevrodan alamli tarzda chiqib ketdi. Ispaniyadan yirik hisobda uchralgan mag‘lubiyatda Stefan maydon chetida homush turar edi. O‘sha o‘yinda Tarkovich ko‘ylak, galstuk va 450 funt sterlinglik «Pepe Jeans» shimida edi. Hatto u ham jinsi kiyadi. Bu esa murabbiyni birmuncha zamonaviy modaga hamnafasligini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, taktik va psixologik tomondan kuchli mutaxassislar o‘zlari uchun kiyinishning ma’lum turlarini yaratishgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:44, 01.07.2021.
O'qildi: 5105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик