Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shaxs : Qarang, Janubiy Amerikadan hakam...

Shaxs : Qarang, Janubiy Amerikadan hakam...

Baho:
+ | -

UYEFA Yevro-2020ga o‘yinlarni boshqarib borish uchun 19 nafar referi jalb etdi. Ular turli mamlakat vakillari: Germaniya, Ispaniya, Shvesiya, Turkiya, Ruminiya, Fransiya, Niderlandiya, Portugaliya, Sloveniya, Isroil, ...Argentina. To‘xtang, Argentina? Ha, Yevropa chempionatiga chaqirilgan hakamlar orasida Janubiy Amerika vakili ham bor. Gap argentinalik Fernando Rapallini haqida ketmoqda. U futbolchilarga kartochka ko‘rsatishda o‘ta himmatli, yana basseynlar savdosi bilan ham shug‘ullanadi. Xullas, quyida gol.ru sayti ma’lumotlari asosida Yevro-2020ning argentinalik mehmoni faoliyatiga birrov nazar tashlaymiz.

Nega uzoq Janubiy Amerikadan?

Hammasi 2020 yili UYEFA va KONMEBOL o‘rtasida hakamlik borasida tajriba almashish bo‘yicha imzolangan maxsus dastur samarasidir. Fernando Rapallini Yevro-2020ga o‘z brigadasi bilan tashrif buyurdi. Ya’ni butun «ko‘hna qit’a»­ni qamrab olgan turnir davomida unga hamyurtlari - Xuan Pablo Belotti va Diyego Bonfa hamrohlik qilishadi. UYEFA bunga javoban ispaniyalik Xesus Xil Mansanoni yaqinda boshlangan Amerika kubogiga yubordi.

 

Rapallini kim?

Fernando Rapallini - 43 yoshli argentinalik FIFA referisi. U Janubiy Amerikada o‘ta qattiqqo‘l hakam sifatida tanilgan. Fernandoning faoliyati 2011 yili boshlangan. U avvaliga Argentina chempionati quyi ligalari va yarim professional divizionlarida ishladi. E’tiborli fakt: Rapallini atigi 3 yildan keyin FIFA referisi maqomini oldi. «Bolaligimdan futbolga mehrim baland. Sobiq hakam Xorxe Vilyano tomonidan La-Platada asos solingan futbol maktabida tahsil ham olganman. Biroq hech hachon o‘ynashga alohida qiziqmaganman. Chunki hamisha maydonda eng yuqori kuch sifatida ishlashni xohlardim» - bu Rapallinining hakamlik ishiga munosabati.

Fernando Rapallini hakam sifatida bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

1. U sportchilarga xos sanalmagan xatti-harakatlarga sira toqat qilolmaydi va bunday vaziyat kuzatilsa, kamdan-kam holatda og‘zaki ogohlantirish bilan cheklanadi. Qisqasi, noprofessional ish tutgan futbolchining Rapallinidan darhol qandaydir kartochka olishi ehtimoli juda baland. Mana, oddiy bir misol - yanvar oyida Maradona kubogi (Argentina kubogi) doirasida «Boka Xuniors» va «River Pleyt» o‘rtasida kechgan o‘yinda ikki jamoa futbolchilari o‘zaro tortishib qolishdi. Rapallini shunda ularni birin-ketin sariq kartochka bilan «siyladi». Bundan ayniqsa, Karlos Teves rosa g‘azablandi: «Yo‘q, aslida hakamlikni jiddiy tanqid qilishni istamayman. Bizning derbi hamisha shunday bo‘ladi - keskin kurash, qaynoqlik... Ammo agar hakam har qanday to‘qnashuv uchun kartochka beraversa, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman». Rapallini ham bunga tezda javob qaytardi: «Tevesning nima degani bilan ishim yo‘q - bu qiziq emas. Ammo agar u mushtlashishni xohlasa, marhamat, futboldan bo‘sh vaqtlarida ringa chiqsin. Faqat futbol o‘yinida emas».

Rapallini ishidan yana bir misol. Libertadores kubogi-2020. «Internasional» va «Gremio» o‘yini. Bu uchrashuvda futbolchilar o‘rtasida ommaviy musht­lashuv kelib chiqdi. Rapallini esa janjalni 8ta sariq kartochka vositasida to‘xtatdi. U hattoki, mushtlashuvga qo‘shilmagan, raqibini shunchaki, tortgan futbolchilarni ham ayagani yo‘q.

2. Rapallini - o‘ta qattiqqo‘l hakam. U yakunlangan mavsum Argentina chempionati doirasidagi 16ta o‘yinni boshqardi. Mavsum davomida ko‘rsatgan sariq kartochkalari soniga diqqat qiling: har bir o‘yinga o‘rtacha hisobda 6,41ta! Bu Argentina chempionati referilari uchun eng yuqori koeffisiyent. «Boka»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan «River-Pleyt» vakili Enso Peresning fikr­lari e’tiborga molik: «To‘g‘risi, faoliyatim davomida bunday berahm hakamni juda kam ko‘rganman. O‘yinda birinchi sariq kartochkani oddiy oyoqqa tepish uchun oldim. Rapalliniga tasodifan qo‘pollik ishlatganimni tushuntirishga uringanimda, u yanada qat’iy­lashdi: «Jim bo‘l, tortishma. Mana, sariq kartochka, endi keyingi safar qoida buzishdan oldin o‘ylab ko‘rasan...».

3. Rapallinini g‘azablantiradigan yana bir holat - bu simulyasiya. U o‘z intervyularidan birida bu masalaga alohida to‘xtalgandi: «Ba’zi ligalar o‘yinlarini umuman boshqarolmasam kerak. Chunki ularda simulyasiya ishlatuvchi mug‘ombirlar juda ko‘p. Ispaniya ligasi? U yerda vaziyat o‘ta vahimali emas, lekin simulyasiya holatlari me’yoridan ko‘p, baribir».

Umuman olganda, Rapallini Janubiy Amerika futboli standart­lari bo‘yicha eng yaxshi hakamlar qatorida. Ammo bir safar shu qattiqqo‘lligi tufayli 1 oy muddatga diskvalifikasiya qilindi. Aniqroq aytsak, Argentina futbol assosiasiyasi 2020 yilning boshida 3ta ayblov bilan uni vaqtincha ishdan chetlatdi: 1). «River-Pleyt» himoyachisi Xavyer Pionlaga noo‘rin sariq kartochka bergani uchun. 2). «Urakan» himoya­chilari Lukas Merolla va Karlos Araujoni noto‘g‘ri ogohlantirgani va maydondan chetlashtirgani uchun. 3). «Urakan» futbolchilariga belgilangan jazoni o‘yin hisobotida aniq yozmagani uchun. O‘shanda Rapallini Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishida o‘z qarorlarini tushuntirishga urindi, vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘yin hisoboti bilan o‘zi shug‘ullanmaganini aytdi. Ammo Argentina futbol assosiasiyasi birdaniga bir nechta jamoadan shikoyat tushganidanmi, hakamni 1 oy muddatga chetlashtirdi, baribir.

 

Futboldan tashqarida ham ishi bor

Fernando Rapallini 2019 yili hakamlik muhim ishi ekanligini, lekin eng muhimi emasligini tan oldi. Referining bosh yo‘nalishi - bu xususiy uylar uchun suzish havzalari qurish bilan shug‘ullanadigan oilaviy firma. To‘g‘ri, uning kichik biznesi faqat Siti Bellning kichik hududini qamrab olgan (tushunish uchun: La Plata - Buenos-Ayres viloyatining ma’muriy markazi, Citi Bell - shu shaharning kichik bir qismi). Rapallinining o‘zi bu haqda ochiq gapiradi: «Ochiq aytaman, hakamlik men uchun abadiy mash­g‘ulot emas, buni yaxshi bilaman. Futboldagi eng katta orzum - jahon chempionatida ishlash. Shundan keyin ehtimol, darhol hakamlik faoliyatimga nuqta qo‘yarman...».

Fernando hozirga qadar Amerika kubogida ham, Libertadores kubogida ham ishlashga ulgurdi. Yevro-2020dagi ishtiroki katta plyus, albatta. Deylik, Yevropa chempionatida yaxshi taassurot qoldirsa, yaqin orada JCHda ishlashga da’vogar referilar qatoriga qo‘shilishi hech gap emas.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 02.07.2021.
O'qildi: 5352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.