Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

O‘zbek bokschilari Tokioga yo‘l olishdi

O‘zbek bokschilari Tokioga yo‘l olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yana 19 kundan so‘ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida uzoq kutilgan Olimpiya o‘yinlari start oladi.

Musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar an’anaga ko‘ra, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini musobaqa o‘tkaziladigan manzil - Yaponiyaning o‘zida olib borishadi.

Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo‘lqop ustalarimiz birozdan so‘ng Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga parvoz qilishadi. Bokschilarimiz uchta tarkib bilan Tokioning o‘zida tayyorgarlikni olib borishadi.

Bokschilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘yildi. Ularga aeroportda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ham omad tilashdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Erkaklar:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:

-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 09:43, 05.07.2021.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик