Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Holand takrorlanmas individ sifatida

Holand takrorlanmas individ sifatida

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Erling Holand bolaligidan otasi o‘ynagan klubda to‘p tepishni orzu qilgan. 2000 yillarning boshida uning otasi Alf-Ing Holand Angliyaning «Lids» klubi sharafini himoya qilgan edi. U mashhurlikka erisha olmagan bo‘lsa ham professional faoliyatida Angliya klubida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan futbolchilardan bo‘lgan.

Lekin u bilan bog‘liq xotiralar odamlar shu’ridan tezda o‘chib ketdi. Bugun otasi orzu qilgan shuhratli damlar o‘g‘liga nasib etmoqda. Alf Ingning o‘g‘li Erling Holand Yevropadagi eng kuchli hujumchilardan biriga aylandi. Uni super klublar, jumladan, «Chelsi» ham qo‘lga kirtishga intilmoqda.

«Borussia Dortmund» hujumchisi endigina 20 yoshda va kelajagi porloqligi ko‘plab mutaxassislar tomonidan bashorat qilinadi. U 2020 yilda «RB Zalsburg»dan 18 million funtga transfer bo‘lgandan beri futbol ommasini hayratlantirishda davom etmoqda. Holand bir yarim mavsum davomida umumiy 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Bunday sermahsul natijaga manaman degan hujumchilar erishishni orzu qilishadi. Nemis klubi uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan jamoalar uchun 100 million yevrodan kam narx belgilamasligini ma’lum qilgan. Uning fantastik o‘yinlaridan — Augsburgga qarshi bahsni eslashning o‘zi yetarli. O‘shanda u ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, 23 daqiqa ichida xet-trik muallifiga aylangan edi. U bugunga kelib «Dortmund» tarixiga debyut o‘yindayoq 3 ta gol urgan futbolchi sifatida kirgan. Bu natijani oldin faqatgina P.E.Obameyang qayd eta olgan, xolos.

Holland 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham hayratlanarli natijalarga erisha olgan. O‘shanda Gondurasga qarshi bir o‘yinda bir o‘zi to‘qqizta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Albatta, u halihamon o‘sishda davom etishi lozim. Lekin uning tashqi ko‘rinishi buni mutlaqo aksini beradi, ya’ni yoshiga qaraganda ancha katta ko‘rinadi. 1,94 m bo‘lgan gigant strayker Yorkshir shahrida tavvalud topgan va o‘z tengdoshlari orasida doimo eng yirik jussali ko‘rinishga ega bo‘lgan. Uning to‘p bilan muomala qilishi dastlab «MYU» murabbiyi Sulsherning e’tiborini tortgan edi. O‘sha paytda Sulsher «Myolde» klubida ishlar, Holand esa ushbu klub yoshlar jamoasi tarkibida to‘p surardi. Bu haqda bir intervyuda Shulsher shunday fikr bildiradi: «U (Holland) kelajakda aniq yetakchiga aylanishini tahmin qilgandim va shunday bo‘ldi. U menga Lukakuning o‘yin uslubini eslatardi».

Tahminan shu o‘sha yoshda Lukaku ham Premyer Ligaga, «Chelsi»ga kelib qo‘shilgandi. Sulsher Holandni ham Angliyaga ko‘chib o‘tishidan umidvor. Holandning o‘zi esa bolaligidan orzu qilib kelgan otasining klubi, «Lids Yunayted» tarkibida to‘p surishni orzu qilgan. Hatto hozir ham bir kun kelib bu orzusiga yetishni niyat qilganini yashirib o‘tirmaydi.


Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Kiritildi: 07:51, 06.07.2021.
O'qildi: 7467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.