Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 0-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Legionerlarimizdan daraklar: Oston Vengriya klubiga o‘tishni istamadi, Jaloliddin esa...

Legionerlarimizdan daraklar: Oston Vengriya klubiga o‘tishni istamadi, Jaloliddin esa...

Baho:
+ | -1

O‘runovdan «Ferensvarosh»ga rad javobi.

«Spartak» (Moskva) yarim himoyachisi Oston O‘runov faoliyatini Vengriya chempio­ni - «Ferensvarosh»da davom ettirishi mumkin edi. Ma’lum qilinishicha, vengriyaliklar ham­yurtimiz transferini keyinchalik to‘liq xarid qilish sharti bilan ijara asosida olishni istaganlar. Biroq futbolchining o‘zi bu klubga o‘tishni istamadi. Ta’kidlanishicha, Ostonni «Ferensvarosh» taklif qilgan maosh miqdori qoniqtirmagan.

Kenjaboyev va «Cheju» yo‘llari ayro.

Janubiy Koreya OAV xabariga qaraganda, «Cheju Yunayted» klubi hamyurtimiz Islom Kenjaboyev bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. «Nasaf»ning sobiq vingeri Janubiy Koreya jamoasi safiga 2020 yilning dekabrida qo‘shilgandi. 21 yoshli futbolchi yangi jamoasining «K»-1 liga doirasidagi 1tagina o‘yinida maydonga tushdi. Yaqinda yurtimizga qayt­gan yarim himoyachi faoliyatini «Qizilqum»da davom ettiradi. Navoiy klubi murabbiylarining shampionat.asia saytiga ma’lum qilishlaricha, Kenjaboyev yaqin kunlarda PFLda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Akobir To‘rayev chakki emas.

Hujumchi Akobir To‘rayev Tojikiston chempionatining iyun oyi­dagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Xo‘jandning «Esxata» klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz yakunlangan oy raqiblar darvozasini 3 marta ishg‘ol qilib, chempionatdagi jami gollari sonini 8taga yetkazib qo‘ydi. Murabbiylar orasida esa «Istiqlol» (Dushanbe) ustozi Vitaliy Levchenko tengsiz bo‘ldi. Tojikistonda oy laureatlariga futbol ligasi diplomlari va 3 ming somon miqdorida mukofot puli berilishini aytish joiz. Eslatma, 2012 yili Eronda o‘tkazilgan U-16 toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar termasi safida chempion bo‘lgan Akobir To‘rayev bunga qadar «Buxoro», «Paxtakor», «Raxmatgoj» (Bangladesh), «Mash’al» jamoalarida o‘ynashga ulgurgan. 

51 daqiqa harakat.

«Aktobe» Qozog‘iston Premyer-ligasi 19-turida «Akjayik»ni qabul qilib,  irodali g‘alabaga erishdi - 2:1. Jamoa hujumchisi Igor Sergeev bu safar ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 51-daqiqagacha harakatlandi.

BATE ochko yo‘qotdi.

Belarus chempionati Oliy ligasi peshqadami «Shaxtyor»ni izma-iz ta’­qib etayotgan BATE 15-turda «Vitebsk» mehmoni bo‘lib, qimmatli 2 ochkodan mahrum bo‘ldi - 0:0. Borisov jamoasining yarim himoyachisi Shahboz  Umarov mazkur uchrashuvning 72-daqiqasigacha maydonda to‘p surdi.

Doston Hamdamov ortga qaytadimi?

Yarim mavsumBAA chempionatida to‘p surgan Doston Hamdamov «Paxtakor»ga qaytsa, ajabmas. O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi hozirda xorij klublari takliflarini ko‘rib chiqmoqda. Bordiyu, ular Dostonga ma’qul kelmasa, u Superliga ikkinchi davrasidan e’tiboran yana «sherlar» sharafini himoya qilishi mumkin.

Masharipov «Al-Nasr» ixtiyorida.

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ijara safaridan keyin Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi ixtiyoriga qayt­di. Bu haqda Ar-Riyod klubi rasmiy xabar e’lon qildi: «O‘zbekiston futboli yulduzi Jaloliddin Masharipov ertaga Ar-Riyodga qaytadi va jamoa bilan Bolgariyada tashkillashtiriladigan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga yo‘l oladi». Eslatish kerak, Jaloliddin avvalgi mavsum ijara kelishuvi asosida «Shabab Al-Ahli» (BAA) sharafini himoya qildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:15, 06.07.2021.
O'qildi: 14422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик