«Milan»ning o‘ng qanot himoyachisi Davide Kalabriya klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Futbolchining yangi shartnomasi 2025 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallanadi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi.
O‘tgan mavsumda Kalabriya «Milan» safida A Seriya doirasida 32 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli pas bor.