"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Eriksen haqida gapirdi.
"Men Eriksen bilan Yevrodan oldin gaplashgandim. Men unga ishongan edim. "Inter" Chalxanogluni sotib olib, yaxshi ish qildi, u muhim o‘yinchi. Eriksenning qaytishga vaqt bor, biz uni quchoq ochib kutib olamiz ", - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatidagi "B" guruhining birinchi o‘yinida Daniya terma jamoasi Finlyandiya bilan o‘ynadi (0:1). Uchrashuvning birinchi yarmi oxirida Eriksen madonga yiqilib tushdi, unda yurak xuruji aniqlandi. Shifokorlar futbolchini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi, hozir u uyda va tiklanish bosqichini o‘tamoqda.