Yevro-2020 yarim final bosqichidan o‘rin olgan Angliya va Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda biroz ko‘ngilsiz voqea yuz berdi.
Bahsning 104-daqiqasida Xarri Keyn penaltini amalga oshirayotgan paytda «Uembli» tashrif buyurgan muxlislardan biri daniyalik posbon Kasper Shmeyxelning yuziga lazer tushirdi.
Darvozabon zarbani qaytardi, ammo qaytgan to‘pni Keyn to‘rga joylab qo‘ydi.