Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Porye Konorga qarshi trilogiya jangida oktagonga chiqadi. Aslida kim kuchliligi aniq bo‘ladimi?

Porye Konorga qarshi trilogiya jangida oktagonga chiqadi. Aslida kim kuchliligi aniq bo‘ladimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

11 iyul kuni irlandiyalik MMA ustasi Konor Makgregor yana oktagonga qaytadi. «UFC 264» turniri doirasida u amerikalik Dastin Porye bilan jang qiladi. Ushbu jang mazkur sportchilar o‘rtasidagi 3-jang bo‘ladi. Dastlab, 6 yil avval bo‘lib o‘tgan birinchi bellashuvi Porye uchun nokaut bilan yakunlangan. Ikkinchisi esa 2021 yil 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan jangda Porye raqibidan qasos oldi. Irlandiyalik UFC ustasi karyerasidagi ilk nokautni qabul qilib oldi. Ertaga esa mazkur sportchilar o‘rtasidagi 3 jang bo‘lib o‘tadi.

«Qarshimda mag‘lubiyatga uchragan odamni ko‘ryapman»...

Ertangi jang avvalgilaridan qiziqroq o‘tishi kutilmoqda. Chunki, bellashuv oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida sportchilar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqdi. Konor raqibini tepmoqchi bo‘lgan, ammo ushbu zarba Poryegacha yetib bormagan. Ularni UFC prezidenti Deyn Uayt va musobaqa tashkilotchilari ajratib qolishgan.
«MMA Fighting» portalining xabar berishicha, matbuot anjumani paytida irlandiyalik va amerikalik o‘rtasida og‘zaki jang ham bo‘lib o‘tgan.
«Men oldimda mag‘lubiyatga uchragan odamni ko‘ryapman va men yana g‘alaba qozonishim mumkinligini bilaman», dedi PorYE. Makgregor raqibining so‘zini to‘xtatdi: «Shanba kuni kechqurun seni oktagonda itday yurganinga guvoh bo‘lamiz. Sen shunchaki kaltakesaksan. Xotining - sening ering», deb javob qaytargan Konor. Shuningdek irlandiyalik UFC ustasi Dastinga qarata «ahmoq qizil», deya murojaat qilgan.

Bu safar ham Dastin Konorga qarshi repressiyani kechiktirmaslikka va’da bermoqda. «Nega endi Makgregor bu kabi bema’ni gaplarni gapirmoqda? Chunki oxirgi jangda Konor nokautga uchradi. Makgregor tezmi? Makgregor uxlayapti. O‘ylaymanki, bu jang ham avvalgisi kabi tezda yakun topadi», - deya Poryening so‘zlarini keltiradi «MMA Fighting» portali o‘z tvitter sahifasida.
Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi jang 11 iyul kuni kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi «T-MOBILE» arenasida bo‘lib o‘tishini aytib o‘tildi.
Ushbu bahs har ikkala sportchi uchun hal qiluvchi jang bo‘ladi. Chunki, irlandiyalik va amerikalik UFC ustalarining hisobida bittadan g‘alaba borligini yuqorida aytib o‘tdik. Konor va Dastin birinchi marta 6 yil oldin oktagonda uchrashishgan. O‘shanda «Notorius» birinchi raundning ikkinchi daqiqasida amerikalikni nokautga uchratgandi. 2021 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi jangda Dastin qasos Makgregordan qasos olishga erishdi. Jangning ikkinchi raundiningo‘zida irlandiyalik Konorni nokautga uchratdi.
MMA muxlislari qiziqarli trilogiya jangni tomosha qilishadi. Hissiyotga berilishga vaqt yo‘q, chunki navbatdagi jang ularning qaysi kuchli ekanligini aniqlab beradi.

Kibrli, oldindan aytib bo‘lmaydigan, g‘azablangan…

MMA dunyosida Konor Makgregorning xarakterini tavsiflashga ta’riflarning soni kamlik qiladi. Yorqin va o‘ziga xos MMA ustasi faoliyati davomida yengil vazn toifalarida g‘olib chiqa oldi va ikkita chempionlik kamariga ega bo‘lgan birinchi UFC jangchisiga aylandi. U kuchga to‘lgan va MMAda hali so‘nggi so‘zini aytmagan sportchi.


2011 yildan 2016 yilgacha Konor ketma-ket 15 g‘alabani qo‘lga kiritdi. Joze Aldo, Dastin PorYE, Chad Mendes kabi sportchilar uning zarbalariga dosh berolmagan. Ammo 2016 yil mart oyida Neyt Diaz mag‘lubiyatsiz Konorni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin, o‘sha yili Diaz bilan revansh jangida Makgregor raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Uch oy o‘tgach, irlandiyalik Eddi Alvares ustidan g‘alaba qozondi. Biroq, Konor chempionlikni himoya qila olmadi. Sababi, 2018 yilda Habib Nurmagomedov bilan bo‘lgan jangda UFCdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilishga majbur bo‘ldi. Habib Konor bilan revansh jangdan qat’iyan bosh tortgan. Joriy yilning yanvar oyida esa Dastin Poryega qarshi jangda o‘tkazdi va uchinchi bor oktagonni mag‘lub holda tark tark etdi. Shuningdek, ushbu bellashuvda o‘z chempionlik kamaridan ham ajraldi.

Dastin Porye kim?

31 yoshli “Daymond” Konorga mutlaqo zid xarakter egasi. Sokin va o‘ziga yarasha, namunali oila a’zosi. Biroq, qafasda Porye haqiqiy jangchi. MMA bo‘yicha o‘tkazilgan 32 ta ikkita jangning 27 tasida g‘alaba qozongan, 14 marta nokaut bilan. Ular Makgregor bilan nafaqat oktagonda ishlashning tajribasi, balki Habib Nurmagomedovdan uchralgan mag‘lubiyat sababli ham o‘xshash.


2019 yilda Dog‘istonlik sportchi amerikalikni mag‘lubiyatga uchratgan va uni yengil vazn toifasidagi UFC unvonidan mahrum qilgan. Ammo bu jang oldidan Dastin raqiblarini yer tishlatgan. Entoni Pettis, Maks Xollouey, Jastin Getji va Eddi Alvareslarni birin-ketin nokautga uchratgan va vaqtinchalik chempion bo‘lgan. Dastin 2020 yilda bitta jang o‘tkazdi. Las-Vegasdagi turnirda Den Xukerni mag‘lub etgan.
2021 yilning dastlabki oyida esa Konor Makgregorga qarshi jang olib bordi va dastlabki raundning o‘zida irlanddiyalikni chempionlik kamaridan mahrum etdi.


Jangni kutyapsizmi? Tomosha qilasizmi? O‘z taxminlaringizni izohlarda baham ko‘ring.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:30, 09.07.2021.
O'qildi: 5732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.