"PSJ" darvozaboni Alfonso Areola Londonning "Vest Xem" jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
"Vest Xem" Alfonsni ijaraga olmoqchi. Areola oldinroq Londonning "Fulxem" jamoasida ijarada o‘ynadi. Areolaning parijliklar bilan shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi.