Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Kasalxonada 17 million yevro ishlab topgan Azar yoxud jarohatlari qimmatga tushgan futbolchilar

Kasalxonada 17 million yevro ishlab topgan Azar yoxud jarohatlari qimmatga tushgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Jarohatlar futbolning ajralmas qismi, garchi ushbu holat ba’zida klublarni butun mavsum davomidagi rejalarini buzib yuborsa ham. Eng yaxshi deb e’tirof etiladigan o‘yinchilar ham oylar davomida safdan chiqishi mumkin. Hozir biz dramatik voqealar haqida gapirmayapmiz. Futbolchilar jarohatlar tufayli karyerasini tugatishga majbur bo‘lishsa, klublar - ko‘pincha buning evaziga hech narsa olmasdan ko‘p pul to‘lashga majbur bo‘lishadi. Hozir esa biz aynan shu haqida fikr bildirmoqchimiz.

«Betiton Sports» nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020/21yilgi mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida jarohat olgan futbolchilar qariyb yarim milliard yevro pul olishgan.
Jarohatlangan futbolchilarga oylik maosh to‘lash bo‘yicha eng katta mablag‘ «Real Madrid» tomonidan sarflangan. «Qirollik klubi» yakunlangan mavsumda jarohatlar epidemiyasini boshdan o‘tkazdi.

Shubhasiz, Eden Azarning Yevropada eng ko‘p maosh oladigan futbolchi ekanligiga hech kim ajablanmaydi. Ammo, belgiyalik futbolchi oxirgi 10 yillikdagi eng yomon transferlardan biriga aylanishiga yaqin turibdi. Sababi, «qaymoqranglilar» Eden uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflagan, ammo mana ikki yildirki Azar o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti.

2020/21 yilda jarohat sabab eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 klub.

1. «Real Madrid» (Ispaniya) - 44,75 million yevro
2. «Pari-Sen-Jermen» (Fransiya) - 41,08 million yevro
3. «Barselona» (Ispaniya) - 40,8 million yevro
4. «Manchester Yunayted» (Angliya) - 33,78 million yevro
5. «Liverpul» (Angliya) - 31,65 million yevro
6. «Yuventus» (Italiya) - 30,34 million yevro
7. «Chelsi (Angliya) - 26 million yevro
8. «Borussiya D» (Germaniya) - 25,57 million yevro
9. «Roma» (Italiya) - 23,05 million yevro
10. «Manchester Siti» (Angliya) - 18,78 million yevro

- «Bavariya» (Germaniya), «Arsenal», «Nyukasl», «Kristal Pelas», «Tottenxem», «Everton», «Lester» (barchasi - Angliya), «Shalke» (Germaniya), «Milan» va «Inter» (ikkalasi ham - Italiya) ham shular jumlasidandir.

- «Nyukasl»da futbolchilar jarohat olish muddati uzoqroq bo‘lgan. Har bir jarohat uchun o‘rtacha 107 kun. «Real»da esa bu ko‘rsatkich 69 kunni tashkil qiladi.

- Ammo, «qirollik klubi» nafaqat aniq raqamlar bo‘yicha, balki nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda: tiklanish davri ikki haftadan ko‘p bo‘lgan har bir jiddiy jarohat «qaymoqranglilar»ga 2,63 million yevroga tushgan. Albatta, ushbu statistikaning asosini Eden Azar tashkil qiladi. Belgiyalik futbolchiga ketgan mablag‘ «Real»ning zarar ko‘rgan barcha pullarining 38 foizini tashkil etgan.

- Yuqorida keltirilgan 10 ta jamoaning 8 tasi eng boy klublarning kuchli o‘ntaligiga kirgan jamoalar hisoblanadi.

2020/21 yilgi mavsumda jarohat olsa ham, eng ko‘p pul ishlab topgan 10 nafar futbolchi

1. Eden Azar («Real»; Belgiya) - 17,14 million yevro
2. Filippe Koutinyo («Barselon»; Braziliya) - 15,81 million yevro
3. Neymar («Pari-Sen-Jermen»; Braziliya) - 13,64 million yevro
4. Pol Pogba («Manchester Yunayted»; Fransiya) - 11,15 million yevro
5. Marko Roys («Borussiya Dortmund»; Germaniya) - 7,51 million yevro
6. Samuel Umtiti («Barselona»; Fransiya) - 7,4 million yevro
7. Paulo Dibala («Yuventus»; Argentina) - 7,34 million yevro
8. Kristian Pulishich («Chelsi»; AQSH) - 6,95 million yevro
9. Garet Beyl («Tottenxem», Uels) - 6,82 mln yevro
10. Xavyer Pastore («Pari-Sen-Jermen»; Argentina) - 6,39 million yevro

- «Real Madrid» Eden Azar uchun haftasiga 475 ming yevro sarflaydi, o‘tgan mavsumda futbolchi jami 252 kun jarohat sabab maydonga tusha olmagan. Natijada umumiy to‘lov 17,14 million yevroni tashkil qilgan. Bu faqat futbolchining o‘zi olgan maoshi hisoblanadi. Qolaversa, qariyb 13 million yevroni esa Madrid klubi soliq sifatida Ispaniya g‘aznasiga o‘tkazgan.

- Kuchli o‘nlikka ikki braziliyalik, ikki argentinalik va ikki fransuz futbolchilari bor. O‘tgan mavsumda inglizlar, ispanlar, gollandlar va italiyalik futbolchilar ishonchli o‘yin namoyish etishgan va kamdan-kam hollarda lazaretga tushishgan, ammo ikkinchi o‘nlikda ushbu millat vakillari ham bor:

- Shifoxonada bo‘lsa ham, katta daromad ko‘rgan futbolchilarning ikkinchi o‘ntaligidan fuyidagi futbolchilar joy olgan: Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Serxio Ramos («Real»), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Nikolo Dzanyolo («Roma»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Mateys De Ligt («Yuventus»), Marko Verratti («Pari Sen-Jermen»), Korenten Tolisso («Bavariya»), Aleks Sandro («Yuventus») va Edinson Kavani («Manchester Yunayted»).

- Filippe Koutinyo jarohat sabab 233 kun maydonga tushmagan. O‘sha paytda braziliyalik 15,81 million yevro atrofida pul ishlab topgan. Ushbu summa «Barselona»ning jarohatlangan futbolchilarga qilgan barcha to‘lovlarining 39% hisoblanadi.

- Neymar top-20-da eng ko‘p maosh oladigan futbolchi. Parij klubi a’zosi bo‘lgan braziliyalik futbolchi 95 kun davomida kasalxonada bo‘lgan. Mazkur vaqt davomida Neymar salkam 14 million yevro «PSJ»ga zarar yetkazgan. Neymar lazaretda bo‘lgan paytda ham «Pari Sen-Jermen» klubidan bir kunda taxminan 140 ming yevro atrofida pul olgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:16, 10.07.2021.
O'qildi: 5150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.