Kirish Ro'yxatdan o'tish

Buyuk Britaniya qirolichasi Yevro-2020 finali oldidan Sautgeytga xat yozdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yevro-2020 finali oldidan Sautgeytga xat yozdi

Baho:
+ | -

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevro-2020 finali oldidan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytga xat yozdi.

"Janob Garet Sautgeyt, murabbiy,

55 yil avval menga Bobbi Murga jahon kubogini topshirish nasib etgandi. O‘shanda men futbolchilar, rahbariyat va yordamchi xodimlar uchun yirik xalqaro musobaqa finaliga chiqish va unda g‘olib chiqish nima ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.

Barchangizni oilam nomidan Yevropa chempionati finaliga chiqqaningiz bilan tabriklayman hamda ertangi bahsda omad tilayman. Umid qilamanki, mazkur o‘yin nafaqat sizning muvaffaqiyatingizni, balki ruhiyatingizni, maqsadga intiluvchanligingizni va faxr tuyg‘usini tarixga yozadi.

Yelizaveta R.".

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro-2020 final bahsi 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 05:32, 11.07.2021.
O'qildi: 4806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.