Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

5 yillik tanaffus. Uzoq kutilgan kubok kimga nasib etadi?

5 yillik tanaffus. Uzoq kutilgan kubok kimga nasib etadi?

Baho:
+ | -

Ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasi poyoniga yaqinlashmoqda. Bu safargi turnir ham kutilganidek qizg‘in o‘tdi. Bunda futbol uchun yangi nomlar kashf etildi. Kutilmagan g‘alaba, shuningdek mag‘lubiyatlar ham kuzatildi. Eng kuchli va chempionlikka da’vogar deya aytilgan Portugaliya, Germaniya va Fransiya kabi jamoalar dastlabki pley-off bosqichidayoq uyiga qaytishga majbur bo‘ldi. Butun kontinent bo‘ylab o‘tkazilgan o‘yinlarni har safargidan ko‘proq muxlislar tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bugun tunda final bahsi va biz klassik to‘qnashuv guvohiga aylanishimiz mumkin. Quyida har ikki terma jamoaga oid o‘yinoldi ma’lumotlari bilan tanishasiz.

Ushbu bahs Italiya uchun o‘ninchi katta turnirlardagi final bo‘ladi(6 ta Jahon chempionati, 4-Evro). Apennin yarimoroli vakillari 1968 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan va 2000-2012 yilgi finallarni boy bergan. 2000 yil Fransiya, 2012 yil esa Ispaniya ulardan sovrinni tortib olgan edi. Bu borada, Yevropada Germaniya va sobiq Sovet Ittifoqi (3 marotabadan) Italiyadan ko‘proq mag‘lubiyatga uchragan.
Italiya katta turnirlarning hech birida inglizlardan mag‘lub bo‘lmagan(3 ta g‘alaba, 1 ta durang): 1990-2014 yillardagi Jahon kubogida 2-1 hisobida, Yevro 1980da esa, 1-0 bilan g‘olib bo‘lgan. Faqat 2012 yilgi Yevroda 0-0 hisobida durang qayd etilgan, xolos.
Italiya xalqaro bahslarda 33 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotir(27 ta g‘alaba, 6 ta durang). Bu o‘yinlarda 86 ta gol urib, 10 marta ketma-ket g‘alabalar qayd etib turibdi.

Italiya terma jamoasining finalgacha yo‘li:
A guruhida:
Turkiyani 3-0 hisobida;
Shvetsariyani 3-0 hisobida;
Uelsni 1-0 hisobida mag‘lub qilgan.
Nimchorak finalda: Avstriyani 2-1 hisobida yenggan;
Chorak finalda: Belgiyani 2-1 hisobida yenggan;
Yarim finalda: Ispaniya bilan 1-1 o‘ynab, penaltilar seriyasida 4-2 bilan g‘alaba qozongan.

Ushbu final Angliyaning 55 yil ichidagi ilk katta sovrin uchun o‘ynaladigan bahsidir. 1966 yildagi Jahon chempionligidan keyin ular biron marta finalda o‘ynamagan. Bu Angliya uchun katta turnirlarda 11-mezbonlik bo‘lib, o‘sha 1966 yildagina o‘z uyida, Ueblida Germaniyani 4-2 hisobida mag‘lub qilgandi. Bundan oldin ikkita finalga chiqqan mezbon terma jamoalarning har ikkisi ham mag‘lub etilgan(Portugaliya 2004, Fransiya 2016).
Angliya Italiyaga qarshi 14 ta o‘yinning atigi, 2 tasini g‘alaba bilan yakunlagan(5 ta durang, 7 ta mag‘lubiyat). Har ikkita g‘alaba ham o‘rtoqlik uchrashuvlarida qayd etilgan(1997 yil iyunda 2-0, 2013 yil avgustda 2-1). Rasmiy o‘yinlarning faqat bittasida, 1977 yilning noyabrida, Jahon chempionati saralash o‘yinida 2-0 hisobida g‘alaba qozona olgan, xolos. Shuningdek, Angliya Ueblida so‘nggi 17 ta o‘yinning 15 tasida g‘alaba qozongan(1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat). 46 ta gol urib, 5 ta o‘tkazib yuborgan.

Angliya terma jamoasining finalgacha yo‘li:
D guruhida:
Xorvatiyani 1-0 hisobida;
Chexiyani 1-0 hisobida mag‘lub qilib,
Shotlandiya bilan 0-0 o‘ynagan.
Nimchorak finalda: Germaniyani 2-0 hisobida;
Chorak finalda: Ukrainani 4-0 hisobida;
Yarim finalda: Daniyani 2-1 hisobida dog‘da qoldirgan.

O‘yindan oldin matbuot anjumanida har ikki jamoa murbbiylari raqibga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
«Biz yillar mobaynida ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rdik va hozir, finalgacha yetib keldik. Men terma jamoadagi barcha futbolchilarga harakati uchun rahmat aytaman. To‘g‘ri, hali hech nima yutmadik. Lekin finaldamiz! O‘yin raqib uyida o‘tayotgani ularning foydasiga ishlaydi. Katta bosim ostida qolishimizni bilib turibmiz. Lekin biz bu narsalarga e’tibor bermay, maydondagi funksional vazifamizni bajara olsak, g‘alaba qozonamiz. Shunchaki, buni qattiq xohlash kerak», – deydi Italiya bosh murabbiyi Roberto Manchini.

Inglizlar ustozi Garet Soutgeyt: "Biz finalga chiqqanimizdan bag‘oyat xursandmiz. Ammo oldinda yana bir zabt etilishi shart bo‘lgan katta to‘siq mavjud. Italiya ohirigi ikki yil ichida mukammal shakklngan jamoaga aylandi. Men buni ularning o‘yinlarini kuzata turib sezdim. Hujumda ham himoyada ham yetarlicha resurslarga ega. Shaxsan men Italiya ko‘rsatayotgan o‘yinlarini jozibador deb hisoblayman. Ular finalga haqli edi va shu sabab finalda".

Yevro 2020 finalini bugun 23:50dan boshlab, Uzreport TV telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Kiritildi: 13:48, 11.07.2021.
O'qildi: 3091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.